Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Dekabr, 2025   |   17 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:11
Quyosh
07:36
Peshin
12:20
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
08 Dekabr, 2025, 17 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi

13.10.2025   6954   1 min.
Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent islom institutida “Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishning istiqbollari” mavzusida offlayn-onlayn shaklda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsiddiqov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mutaxassisi M.Nasriyev, institut rektori U. G‘afurov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning bugungi holati, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Hozirda diniy ta’lim muassasalarida 111 nafar ijtimoiy fanlar o‘qituvchisi faoliyat yuritib, 2025–2026 o‘quv yilida fanlarga tegishli yo‘nalishdagi malakali pedagoglar jalb qilindi.

So‘zga chiqqanlar, fan-mutanosiblikni ta’minlash va kadrlar bazasini takomillashtirish, ilmiy darajali pedagoglarni metodik rahbar sifatida jalb etish, ijtimoiy fanlarni islomiy qadriyatlar bilan uyg‘un holda o‘qitish, interaktiv va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, fanlar bo‘yicha yagona kompetensiya modelini ishlab chiqish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni zamon talablariga moslashtirish, talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik jamiyati va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlash kabi masalalarga to‘xtalib, fikr va takliflarini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda ilmiylik va tarbiyaviy samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

T.Azimov

Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi Diniy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi
Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami arafasida 615 kishini afv etdi

07.12.2025   8513   1 min.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami arafasida 615 kishini afv etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Manba

MAQOLA