Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2026   |   12 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:36
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2026, 12 Sha`bon, 1447
Maqolalar

Masjidul haramda yelka ochiq holda namoz o‘qish

27.01.2026   2695   1 min.
Masjidul haramda yelka ochiq holda namoz o‘qish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men umrada tavof qilayotgan edim. Namoz vaqti bo‘lganda safga turib, takbir aytilishini kutib o‘tirgan edik. Shunda masjid xodimlaridan biri saf orasida aylanib yurib, yelkasi ochiq odamlarga yelkangni yop degan ishoralar qildi. Tavof qilayotgan odam yelkasi ochiq bo‘lishi kerakmasmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Tavofda o‘ng yelkani ochish fiqhiy kitoblarda iztibo’ deyiladi. Ya’ni, umra yoki haj amallarini bajarayotgan shaxs ehromga kirib, tavof qilsa, ridoni o‘ng yelkasining ostidan o‘tkazib, chap yelkasiga tashlab oladi. Bu amal ketidan sa’y qilish amali bo‘lgan tavofda sunnat hisoblanadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, iztibo’ amali (o‘ng yelkani ochib qo‘yish) masjidga kirishdan oldin, namoz va sa’y vaqtida, shuningdek, ortidan sa’y amali bo‘lmagan tavoflarda sunnat hisoblanmaydi.

Yelka ochiq holatda namoz o‘qish odatiy ehromsiz holatda bo‘lgani kabi ehromda ham makruh sanaladi. Shuning uchun savoldagi kabi tavof qilish asnosida namoz vaqti bo‘lib qolsa, yelkalar yopilib, namozga kirishiladi. Namozdan keyin yana yelkani ochib, tavofni davom ettiradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi!

30.01.2026   1313   1 min.
Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi!

#Xushxabar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kengashi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahridagi Novza jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov «Ijtimoiy-ma’naviy tarbiya nazariyasi» ixtisosligi bo‘yicha faxriy professor ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.
 

Ustozning dinimiz sof ta’limotini targ‘ib etish, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda ilmiy-ma’rifiy faoliyatdagi ko‘p yillik xizmatlari yuksak e’tirof etildi.


Alloh taolo Jaloliddin domlaga ushbu unvonni muborak aylab, ilmiy va ma’rifiy ishlarida baraka, sog‘lik va muvaffaqiyat ato etsin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi! Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi!
O'zbekiston yangiliklari