Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Yanvar, 2026   |   11 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:15
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:55
Shom
17:41
Xufton
18:55
Bismillah
30 Yanvar, 2026, 11 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

27.01.2026   5129   1 min.
Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan azon va iqoma bo‘yicha ijoza berish an’anasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xayrli tashabbus doirasida 2026 yil 21 yanvardan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda oliy va o‘rta islom ta’lim muassasalari ustozlari uchun “Azon darslari” tashkil etildi.


Bugun, 27 yanvar kuni, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum olib bordi.


Darslarda Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” O‘MITM qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlarining ustozlari ishtirok etdi.

 

Mashg‘ulot davomida har bir tinglovchining azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunlangach, ishtirokchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.

Al-Quran.uz

 

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti vakillari Qohiradagi xalqaro forumda ishtirok etdi

28.01.2026   3524   1 min.
Toshkent islom instituti vakillari Qohiradagi xalqaro forumda ishtirok etdi

Shu yilning 27 yanvar kuni Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida “Al-Azhar” majmuasi qoshidagi Imom Ash’ariy markazi tomonidan birinchi xalqaro ilmiy forum tashkil etildi.


Anjuman “Imom Ash’ariyning islomiy firqalarga oid fikriy yondashuvlari: aqidaviy ixtilofdan muloqot va mo‘tadillik sari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda islom olamining yetuk ulamolari va tadqiqotchilari ishtirok etdi.


Forumda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti vakillari, jumladan, institut rektori Uyg‘un domla G‘afurov va “Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin domla Mamanasirov faol qatnashdi.


Tadbir ochilish marosimida Al-Azhar va Imom Ash’ariy markazi rahbarlari, Misr muftiysi hamda xalqaro ilmiy muassasalar vakillari so‘zga chiqdi.


Mazkur forum islom olamida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ma’rifat orqali mo‘tadillikni targ‘ib etish va sof islom aqidasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti vakillari Qohiradagi xalqaro forumda ishtirok etdi Toshkent islom instituti vakillari Qohiradagi xalqaro forumda ishtirok etdi Toshkent islom instituti vakillari Qohiradagi xalqaro forumda ishtirok etdi Toshkent islom instituti vakillari Qohiradagi xalqaro forumda ishtirok etdi
O'zbekiston yangiliklari