Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Fevral, 2026   |   17 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:10
Quyosh
07:30
Peshin
12:42
Asr
16:02
Shom
17:48
Xufton
19:02
Bismillah
05 Fevral, 2026, 17 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Buxoroda ayol-qiz talabalar uchun seminar o‘tkazildi

04.02.2026   1821   1 min.
Buxoroda ayol-qiz talabalar uchun seminar o‘tkazildi

#xabarlar

 4 fevral kuni Buxoro viloyati "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "Yurtimizda ayollarning huquqlari va vijdon erkinligi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
 

 Seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i D.Egamova va yetakchi mutaxassis M.Abubakirova ma’ruza qildilar.


 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Din sohasidagi islohotlar va davlat-din munosabatlari;

  • Diniy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini, ayniqsa ayol-qizlarni, ish bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash;

  • Otinoyilarning rasmiy ish bilan ta’minlanishi;

  • Ayol-qizlar hissasini kuchaytirish va ularning yurtimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi;

  • Sof e’tiqodni mustahkamlash va bid’at-xurofotlarga qarshi ma’rifiy ishlar.


Shuningdek, talaba-qizlarning savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 @muminauz

Buxoroda ayol-qiz talabalar uchun seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Haj va umra bo‘yicha noqonuniy takliflardan ogoh bo‘ling!

04.02.2026   1183   1 min.

#haj_umra
#noqonuniy_faoliyat

"Biznes niqobi" ostida "Haj" va "Umra" ziyoratiga yuborishda noqonuniy faoliyat olib borayotgan firibgarlardan ogoh bo‘ling!


"Bundan tashqari, ilgari faqat "ko‘cha" deb ko‘rilgan uyushgan jinoyatchilik bugun "biznes niqobi" ostida daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy to‘dalar faoliyati ko‘p qavatli uylar va avtomashinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar tashkil qilish, "Haj" va "Umra" ziyoratiga yuborishda ancha ko‘paygan" – Sh.Mirziyoyev.


So‘nggi bir yil davomida "Umra" tadbirlarini noqonuniy amalga oshirish bilan bog‘liq 178 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirgan 47 ta, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan 15 ta turistik tashkilotlarga jarimalar qo‘llanildi.


"Sizni Haj safariga olib boramiz" deb turli aylanma yo‘llar orqali fuqarolarimizni sarson qilayotgan firibgarlarning aldoviga uchib qolmang.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati

VIDEO