Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Fevral, 2026   |   4 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:10
Peshin
12:42
Asr
16:21
Shom
18:08
Xufton
19:20
Bismillah
21 Fevral, 2026, 4 Ramazon, 1447
Maqolalar

Islomda barchasi ma’lum, faqat chiroyli amal qilish qoldi xolos

19.02.2026   1893   1 min.
Islomda barchasi ma’lum, faqat chiroyli amal qilish qoldi xolos

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Qachonki, birortangiz Islomini chiroyli qilsa, uning qilgan har bir yaxshi amali o‘n mislidan yetti yuz barobargacha ko‘paytirib yoziladi. Qilgan har bir yomon amali esa o‘z mislicha yoziladi, dedilar.

Boshqa bir rivoyatda: Faqat Alloh uni o‘tib kechib yuborsa (yozilmaydi)”, deyilgan (Ikki Shayx rivoyat qilishgan).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida biz ummatlarini muxlis musulmon bo‘lishga targ‘ib qilmoqdalar. Chunki o‘ta muxlis musulmon bo‘lmay turib, hech kim o‘z Islomini chiroyli qila olmaydi. O‘tgan hadislarning birida kishi Islomining chiroyli bo‘lishi ichdan ham, ustdan ham Islomning hamma talablariga javob bera oladigan bo‘lishi bilan amalga oshishini o‘rgangan edik.

Inson o‘z Islomini chiroyli qilganda esa katta va ulkan mukofotga sazovor bo‘lar ekan. Bu mukofot esa ikki tomonlama bo‘ladi:

1. Uning qilgan har bir yaxshi amali o‘n barobardan yetti yuz barobargacha ko‘paytirib yozilar ekan.

2. Uning qilgan har bir yomon amali o‘z mislicha, ko‘paytirilmasdan yozilar yoki Alloh xohlasa, kechirib yuborilar ekan. Bu esa albatta, mo‘min bandaning oliy darajalarga erishishidan dalolat beradi.

Bu hadisi sharifdan olinadigan foydalar ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Faqat Islomimizni chiroyli qilishga urinishimiz qoldi, xolos.

“Hadis va hayot” kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Xorazmda ham ehtiyojmand oilalarda iftorliklar uyushtirilmoqda

20.02.2026   8616   1 min.
Xorazmda ham ehtiyojmand oilalarda iftorliklar uyushtirilmoqda

Muborak oy munosabati bilan Xorazm viloyatidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun ham “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”, degan ezgu g‘oya asosida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Hozirga qadar umumiy hisobda imomlar tomonidan 11 ta oilaga kirilib, ularga jami 27 million so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa qilindi. 

Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Abdullayev Urganch shahridagi Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi 159-uyda yashovchi So‘najon Bozorboyeva xonadonida fayzli iftorlik uyushtirib, xonadon a’zolaridan hol-ahvol so‘rab, ularning qalblari quvonchga to‘ldirildi.

Bu yilgi Ramazonda viloyat mahallalaridagi kam ta’minlanganlar uchun boshlangan bunday iftorliklar Ramazonni yanada fayzli, tarovatli o‘tkazishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda ham ehtiyojmand oilalarda iftorliklar uyushtirilmoqda