Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2025   |   19 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2025, 19 Jumadul avval, 1447

Ro'zaga oid masalalar-3

19.06.2015   2197   5 min.
Ro'zaga oid masalalar-3

 1.                Og'iz so'lagini tashqariga chiqarmay yutib yuborsa ro'zasi ochilmaydi. So'lakni og'zidan tashqariga chiqarib, so'ngra qayta og'ziga solib yutsa, ro'zasi ochiladi (“Fatovoyi Olamgiriya”). 

2.                Og'zini suv bilan chaygandan keyin qolgan suv yuqini so'lagiga qo'shib ichiga yutib yuborsa, shuningdek, dimog'iga kelgan burun suyuqligini tomog'iga tortib yuborsa, ro'zasi ochilmaydi (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Muhit”).

 

3.                Ro'zador tishlari orasida qolgan taom qoldiqlarini yutsa, ular no'xotdan katta bo'lmasa, ro'zasi ochilmaydi. Ammo tishlari orasida qolgan taom qoldiqlarini tashqariga chiqarib, so'ngra qayta og'ziga solib yutsa, no'xotdan kichik bo'lsa ham ro'zasi ochiladi. Kafforat vojib bo'lish bo'lmasligida ixtilofli fatvolar mavjud. Vojib bo'lmasligiga faqih Abu Lays Samarqandiydan rivoyat bor (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

4.                 Ro'zadorning tomog'iga chang, tutun, pashsha, chivin kabi narsalar kirsa, ro'zasi ochilmaydi. Shuningdek, ro'zador kunduzi ehtilom bo'lib qolsa ham ro'zasi ochilmaydi (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Muxtasar”).

 

5.                Ro'zadorning bir ikki tomchi ko'z yoshi yoki yuzidan oqqan ter og'ziga kirib, tomog'idan o'tib ketsa, ro'zasi ochilmaydi. Ammo bu miqdordan ziyod bo'lib, og'zida ko'pgina sho'rlikni sezsa ro'zasi ochiladi (“Fatovoyi Olamgiriya”). \

 

6.                 Badanning tabiiy mayda teshikchalaridan (ikki maxrajdan boshqa) kirgan suv kabi narsalar bilan ro'za ochilmaydi. Ko'ziga dori tomizganda garchi tomog'ida uning ta'mi, mazasi bilinsa ham ro'za ochilmaydi (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

7.                 Gazlama to'quvchi ro'zador ish jarayonida bo'yalgan ip tolalarini og'ziga solganida ko'kmi, qizilmi, sariqmi yoki boshqa ranglarmi og'ziga yuqib, so'laklariga aralashib tomog'idan o'tib ketsa, ro'zasi ochiladi (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

8.                 Ro'zadorning tishi qonab, u qonni yutib yuborsa, kafforatsiz qazoning o'zini tutadi. Tish milkidan chiqqan qonni so'lak bilan birga qo'shib yutib yuborsa, qon bilan so'lakdan qaysi biri ortiq yoki kam miqdorda bo'lishiga qaraladi. Agar qon ortiq bo'lsa yoki so'lak bilan barobar bo'lsa, ro'za ochiladi. Bordi-yu so'lak ortiq bo'lsa, ro'za ochilmaydi (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

9.                 Fitr sadaqasi vojib bo'lgan kishi uni o'z vaqtida ado eta olmasa, zimmasidan soqit bo'lmaydi. Uni baribir ado etishi lozim bo'ladi (“Hidoya”).

 

Fatvo hay'ati

 

 

Boshqa maqolalar

O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi

07.11.2025   5494   1 min.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 10-15-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi.

Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlik fazilatlarini targ‘ib etishdan iborat.

Haftalik doirasida viloyatlar va Toshkent shahridagi nufuzli tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlar va bog‘larda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" shiori ostida konsert dasturlari, foto ko‘rgazmalar, qardosh xalqlar yozuvchi-shoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport o‘yinlari, intellektual va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.

Barcha yurtdoshlarimizni bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati