Bismillahir Rohmanir Rohiym
Allohning bandasidan rizo bo‘lishligining alomati bandaning Allohdan qay darajada rizo bo‘lishligiga bog‘liq ekan. Bu haqda Alloh aytadi:
“Alloh ulardan rozi bo‘ldi, ular ham Undan rozi bo‘ldilar” (Bayyina surasi, 8-oyat).
Bir talaba shayxiga:
– Ko‘nglim Allohdan rozi bo‘lgan mahalda shuni bildimki, Alloh ham mendan rozi ekan! – deb aytganida shayxi unga iltifotan debdi:
– Ey, farzandim! Qandayin go‘zal ish tutibsan!
Alloh Muso alayhissalomga vahiy qildi:
“Ey Imron farzandi! Qazoimga rozi bo‘lsang, haqiqatda, Mening sendan rozi bo‘lganim o‘shadir”.
“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.