Yangiliklar
Hamdardlik bildiramiz
21.01.2026
1676
1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Novqa ota” jome masjidi imom-xatibi Sharof domla Azimovning volidai muhtaramalari Baxmal hoji onaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olib, iymon va solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila mukofotlasin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING