Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Fevral, 2026   |   16 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:11
Quyosh
07:32
Peshin
12:42
Asr
16:01
Shom
17:47
Xufton
19:01
Bismillah
04 Fevral, 2026, 16 Sha`bon, 1447

G'AM YoKI TAShVISh YeTGANIDA O'QILADIGAN DUO

25.02.2021   4766   2 min.
G'AM YoKI TAShVISh YeTGANIDA O'QILADIGAN DUO

Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga g'am-tashvish etsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berdilar. So'ngra, «Bu kalimalarni o'zinglar aytib, boshqalarga ham o'rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o'sha kalimalarni aytdilar:

اللهُمَّ إنِّي عَبْدُكَ ابْنُ عَبْدِكَ ابْنُ أَمَتِكَ نَاصِيَتِي بِيَدِكَ مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ؛ أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ أوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الغَيْبِ عِنْدَكَ أَنْ تَجْعَلَ القُرْآنَ نُورَ صَدْرِي وَرَبِيعَ قَلْبِي وَجِلاَءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي.

«Allohumma inniy 'abduka, ibnu 'abdika, ibnu amatika, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya hukmuk, 'adlun fiyya qozouk, asaluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av anzaltahu fi kitabika av 'allamtahu ahadan min xolqika av istasarta bihi fiy 'ilmil g'oybi 'indaka an taj'alal Qur'ana nuro sodriy va robiy'a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba hammiy».

(Ma'nosi: Men Sening qulingman, qulingning o'g'liman, cho'ringning zurriyotiman. Peshonam Sening qo'lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening hukming odildir. O'zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror kishiga o'rgatgan yoki g'ayb ilmingda saqlab qo'ygan ismlaring ila so'raymanki, Qur'onni dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g'amimni ketkizuvchi qil).

Ibn Sunniy rivoyatlari.

 

mehrob.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ehromda er-xotin bir-birini qo‘llarini ushlab yurishlari joizmi?

03.02.2026   1580   2 min.
Ehromda er-xotin bir-birini qo‘llarini ushlab yurishlari joizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Umraga borganda bir holatga guvoh bo‘ldim. Madinada ham, Makkai mukarramada, tavof va sa’ylarda ham ayrim er-xotinlar qo‘llarini ushlab yurishibdi. Ular orasida yoshi kattalar ham, yoshlar ham bor. Bu narsa ehromga ta’sir qilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ehromdagi er va xotin jinsiy yaqinlik va unga olib boruvchi amallardan saqlanishi lozim. Bu hukm oyati karima va hadisi shariflarga asoslangan. Ammo ehromdan tashqari vaqtda ruxsat beriladi.

Savolda aytilgandek, er va xotin bir-birlarini qo‘llarini ushlab yurishgani kuzatiladi. Chunki u yerlarda tumonat odam to‘plangani uchun bir-birini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishadi va shu bois qo‘llarini ushlab olishadi. Lekin bunday narsalarga hojat bo‘lmay, qo‘l ushlashib yurish yaxshi emas.

Chunki muqaddas makonlarga sayru sayohatga, tomosha qilishga borilmaydi, balki tavba-tazarru va Alloh taologa yanada qurbat hosil qilish, ulkan ajru-savoblarga erishish maqsadida boriladi. Ziyoratga otlanib turgan inson asosiy maqsadni unutib qo‘ymaslik lozim.

Ehromdalik vaqtida bunga ahamiyatli bo‘lish lozim. Chunki agar er va xotin ehromda bir-birlarining qo‘llarini ushlaganda shahvat, jinsiy yaqinlikka moyillik paydo bo‘lsa, jonliq so‘yish lozim bo‘ladi. Shahvatsiz ushlasa, jarima bo‘lmaydi.

Ulamolar mazkur masalaga bir qancha hadislar va oyati karimani dalil qilganlar. Alloh taoloning: “Haj ma’lum oylardir. Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir”, so‘zidagi “shahvoniy narsalar” deb tarjima qilingan so‘z oyatda “rafas” deb aytilgan. Bu so‘zning ba’zi tafsirlarida jinsiy yaqinlik va ushlash va o‘pish kabi unga olib boruvchi ishlar deyilgan. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar