OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...
* * *
ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari
* * *
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI
* * *
IYMON-E_''TIQOD KITOBI
* * *
NAZM
Yana bilgilki, Havzi Kavsardur,
Anda yulduzcha zarflar bordur.
Puldin o'tib, bu suda turg'aylar,
Halqni bu sug'a cho'murg'aylar.
To yuyulg'ay tomug' g'uboridin,
Ko'ngli ting'ay bu lahza boridin.
Tinibon ko'ngli, borg'ay uchmoqqa,
Yuz tuman shukrlar degay Haqqa.
NASRIY BAYoN
Havzi kavsar haqligi bayoni
Yana bilginki, Havzi Kavsar haqdir, unda yulduzlarcha qadahlar – suv idishlari bordir. Sirot ko'prigidan o'tgandan keyin bu suv yoqasida turadilar. Halqni – insonlarni bu suvda cho'mdiradilar. Toki do'zax g'uborlari yuvilib, shu lahza insonning ko'ngli barchasidan tinadi – taskin topib, xotirjam bo'ladi. Ko'ngli tinib – taskin-tasalli topib, so'ng jannatga kiradi, Haq ta'ologa yuz ming shukrlar aytadi.
IZOH. Dalil – Kavsar surasi, 1-oyat ma'nosi: “(Ey Rasulim!) Shubhasizki, Biz sizga Kavsarni ato etdik”.
Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam me'rojda o'zlariga oxiratda ato etiladigan Kavsar anhori ko'rsatilganini aytganlar (Zabidiy, “Sahihi Buxoriy” sharhi, XI, 1761-1762-hadislar).
Imom Buxoriy (rahmatullohi alayh), “Al-Jomi' as-sahih” (“Sahihi Buxoriy)dan hadislar:
4964-hadis.HazratiAnas roziyallohu anhu aytdilar: «Janob Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam osmonga (me'rojga) chiqarilganlaridan keyin, bunday deb hikoya qildilar: «Bir daryo (suv) oldiga keldim. Uning ikki qirg'og'i ichi g'ovak marvariddan ishlangan. Men hazrat Jabroildan: «Bu nima?» – deb so'raganimda, u kishi: «Bu (Havzi) Kavsar», – deb javob berdilar».
1196-hadis. Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Meningg uyim bilan minbarim orasi jannat bog'laridan bir bog'dir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim ustida (yoqasida) bo'ladi», – dedilar».
1344-hadis.Hazrati Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo'lganlarga o'z ajali bilan o'lgan mayitga o'qigandek janoza o'qidilar. So'ng, minbarga chiqib: «Men sizlardan avval borib (jannatdan joy) tayyorlab turuvchiman va men sizlarga (iymonlaringiz va yaxshi amallaringizga) guvohman. Allohga qasamki, hozir men Havzi Kavsarni ko'rib turibman, menga Yer xazinalarining kalitlari (yoki «Yer kalitlari», – dedilar shekilli) topshirildi. Alloh haqqi, men vafotimdan keyin sizlardan xotirjamman, faqat, mol-dunyo ketidan quvmasangizlar, deb qo'rqaman», – dedilar».
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.
Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.
Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".
Homidjon qori ISHMATBЕKOV