Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

20.02.2021   1767   4 min.
Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

2021 yil 20 fevral' kuni Namangan viloyati Chortoq tumani Baliqli ko'l qishlog'ida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi vakillari qatnashdi.

Ma'lumki, Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi Chortoq tuman markazidan 35 km uzoqlikdagi Baliqli ko'l qishlog'ida joylashgan. Ziyoratgohda islom olamining tabarruk avliyolaridan biri Sulton Uvays Qaraniyning maqbaralari mavjud.

Muhtaram Prezidentimiz 2017 yil 7 iyul' kuni Uvays Qaraniy ziyoratgohiga tashrif buyurganlaridan so'ng, ziyoratgohning 6 gektar maydonida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, 1500 tupdan ortiq manzarali daraxtlar va gul ko'chatlari ekildi.

Sulton Uvays Qaraniy maqbarasi to'liq qayta qurildi.

1400 o'ringa mo'ljanlangan masjid va tahoratxona, maqbara yonida ayvon, zamonaviy mehmonxona, milliy muzey va kutubxona, 3 ta favvora, dam olish ayvonlari va xizmat ko'rsatish shoxobchalari qurildi.

Uvays Qaraniy ziyoratgohining janubiy tomonida onalari Bibi Naima ona ziyoratgohi joylashgan. Bibi Naima ona ziyoratgohida ham qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 4 gektar maydon obodonlashtirilib, 1000 tupdan ortiq manzarali daraxtlar ekildi. Bularning barchasi ziyoratgohning ko'rkiga ko'rk bag'ishlab turibdi.

Ushbu ziyoratgohning tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu muborak maskan bugun o'zgacha chiroy ochgani, ziyoratchilar uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgani, keyingi 4 yil ichida mamlakatimizda qurilish sohasidagi yangi, zamonaviy jahon standartlariga to'liq javob beradigan binolar, inshootlar qad rostlayotgani, tarixiy obidalarimizni qurish va rekonstruktsiya qilishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladilar.

Shuningdek, ushbu ziyoratgoh ziyorat turizmini rivojlantirish borasida navbatdagi muhim qadam bo'lgani, bir so'z bilan aytganda Namangan viloyatining tashrif qog'oziga aylanishi e'tirof etildi.

Shu kuni ishtirokchilar ziyoratgohdagi bunyodkorlik va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so'ng, Sulton Uvays Qaraniyga bag'ishlangan ilmiy konferentsiya bo'lib o'tdi. Konferentsiya ishida 100 ga yaqin mahalliy va xorijlik olimlar, professor-o'qituvchilar on-layn tarzda ishtirok etdi.

Unda so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda diniy-ma'rifiy sohada amalga oishirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, ulug' allomalarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini o'rganish va xalqimizga etkazishning ahamiyati haqida to'xtalib, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarining obod etilishi xalqimiz ma'naviyatining yanada yuksalishiga bois bo'layotganini qayd etdilar.

Tantanali ochilish marosimi doirasida majmuada Qurbonlik qilinib, tadbir ishtirokchilariga dasturxon yozilib, ezgu duolar qilindi.

 

Din ishlari bo'yicha qo'mita

Axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

5-6 Savol: Turmushga qurgan qizlarga merosdan ulush bermaslik.

04.07.2025   198   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".

Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.