Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Yanvar, 2026   |   11 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:15
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:55
Shom
17:41
Xufton
18:55
Bismillah
30 Yanvar, 2026, 11 Sha`bon, 1447

Bir savol so'rasam: "Tayyor xatmi Qur'on bor" nima degani?

29.01.2021   4575   1 min.
Bir savol so'rasam:

— Ba'zi bir qorilarga xatmi Qur'on buyurgani borsak, “menda tayyori bor”, deyishadi. Ya'ni Qur'onni o'qishni boshlab qo'ygan bo'lishadi. Shunda “mayli” desangiz, tugatib berishadi. Shariatimizda bu joizmi? Yoki xatmi qachon boshlab qo'yilgan bo'lsa ham, savobi kimga bag'ishlangani muhimmi?

— Avvalo, Qur'oni karimni Alloh taolo bandalarining ikki dunyo saodatiga erishishi uchun nozil qilganini unutmaslik kerak. “Hatmi Qur'on” deganda Qur'oni karimni boshdan-oxir to'liq o'qib chiqish tushuniladi. Birorta sura yoki oyat tashlab ketilsa, tom ma'noda xatm hisoblanmaydi. “Hatm” so'zi tugatish, yakunlash degan ma'noni bildiradi.

Hozirgi paytda odamlar orasida keng tarqalgan savoldagiga o'xshagan holatlar taaassufki, asl Islom maqsadlariga to'g'ri emas. Yana alohida ta'kidlash lozim, Qur'onni xolis Alloh roziligi uchun tilovat qilinsa, xatm qilinsagina unga savob beriladi. Keyin o'sha berilgan savobni bag'ishlash mumkin. Bizning ahli-sunna e'tiqodimizda Qur'on tilovat qilib, savobini bag'ishlasa, etib boradi, deyilgani aynan shudir. Har bir ibodatda aniq maqsad bo'lishi, uni boshlashda niyat bo'lishi kerakligi hadislarda ta'kidlangan. Savobini bag'ishlash maqsad qilingan tilovatni ham boshidan boshlab, Allohning roziligi, undan keyin kimgadir savobini bag'ishlashni niyat qilinadi. Shunda savobi etadi, deb umid qilinadi.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Qur’on va tajvid” kurslari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi

29.01.2026   1373   1 min.
“Qur’on va tajvid” kurslari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan mamlakatimizdagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari faoliyatini takomillashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.


Shu maqsadda “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi tomonidan o‘qituvchi va mas’ul xodimlar uchun mahorat oshirishga qaratilgan turkum onlayn darslar tashkil etilgan edi. Joriy yilning 28 yanvar kuni mazkur silsilaviy darslarning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.


Zoom platformasi orqali tashkil etilgan mashg‘ulotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Elyor Alimqulov ishtirok etdilar. Ular soha mutaxassislariga ta’lim sifatini oshirish va ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.


Darsning asosiy qismida bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ilmiy ma’ruza qildi. Ta’kidlash joizki, kelgusida darslarda faol ishtirok etgan va bilimlarini muvaffaqiyatli namoyish qilgan tinglovchilarga ushbu kitob bo‘yicha maxsus ijoza berilishi rejalashtirilgan. 

AlQuranuz

 

“Qur’on va tajvid” kurslari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi “Qur’on va tajvid” kurslari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi
O'zbekiston yangiliklari