Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ikkinchi mu'man bihning sharhi (O'n sakizinchi mavzu)

23.11.2020   2423   4 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ikkinchi mu'man bihning sharhi (O'n sakizinchi mavzu)

 

NAZM

 

Ikinchi mu'man bihning

                 sharhi

 

Yana xayli farishtadur, bilingiz,

Har birisi bir ishtadur, bilingiz.

Biri roki'durur biri sojid,

Biri qoyimdurur, biri qo'id.

Biri Haq yodi birla mustag'raq,

Bilmayin Haqdin o'zgani mutlaq.

Kelsa gar qatra yomg'ure erga,

Bor aning birla bir malak birga.

Borsa gar zarra tufrog'i ko'kka,

Ul borishni sog'inma o'zlukka.

Har yog'in yog'sa, har ele elsa,

Har nima borsa, har nima kelsa,

Har bir ishga muakkal o'ldi malak,

Gar er ahlidurur, gar ahli falak.

Bilingizkim, farishta xayli bari

Narlig'u modalig'din o'ldi bariy.

 

NASRIY BAYoN

 

Iymon keltirish shart bo'lgan ikkinchi

narsaning sharhi

(Iymonning ikkinchi sharti)

 

Yana bilingizki, farishtalar toifasiga iymon keltirish shartdir, ularning har biri (Alloh amr etgan) bir ishga mashg'uldir. Biri ruku' qiluvchidir – Alloh ta'ologa ta'zimdadir, biri sajda qiluvchidir, biri (ibodatda) qoim – tik turuvchidir, biri o'tiruvchidir (hammalari ham shu yo'sin itoat va ibodatdadir.) Biri, Haqdan o'zgani bilmay, Haq ta'loning yodi bilan mustag'raq – fayzi Ilohiyga cho'mgan, g'arq bo'lgandir. Osmondan erga bir qatra yomg'ir tushsa, u bilan birga (u tomchini olib tushuvchi) bir farishta bordir.

 

Agar tuproqning bir zarra changi osmonga ko'tarilsa, uni o'z holicha ko'tarilib bordi, deb o'ylama (balki, Allohning amri bilan bir farishta olib chiqqandir).

 

Har qanday bir yog'in (qormi, yomg'irmi, do'lmi, shudringmi) yog'sa, har qanday bir el, bir shamol essa, har nima borsa, har nima kelsa, har  biriga  xoh  er  ahlidan,  xoh  osmon  ahlidan  bo'lgan  bir  farishta muakkal, ya'ni Alloh tarafidan vakil qilingan bo'ladi.

 

Bilingizki, farishtalar guruhining barchasi erkaklik va ayollik (kabi jinsiy) xususiyatlaridan xoli va pokdir.

 

IZOH. (Farishtalar haqida bilish, so'zlash, fikr va tasavvur qilish mumkish bo'lgan narsalar:) Hamisha  Allohga itoat holida bo'lmoq, erkak va ayol (jinsiy xususiyatda) bo'lmaslik, eb-ichmaslik, kichik va katta qazoi hojat qilmaslik, burun qoqmoq va el chiqarmoqdan pok bo'lish, bemor va ko'taram bo'lmaslik, zaiflik va qarilikka uchramaslik, ofatlardan va yomon fe'llardan nari bo'lmoq, a'zolardan va boshqa birikmalardan vujudga kelgan bo'lmaslik farishtalar haqida vojibdir.

 

Farishtalar nuroniy bir borliqdir, va albatta, yuqorida zikr qilingan hollardan uzoqdir («Jomi' ul-mutun»).

(Farishtalar mavzuyining davomi bor)

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

09.07.2025   3828   1 min.
Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

U kishi aytadilar: Bir kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot mening huzurimda edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: — «Siz kimsiz?» — dedilar. U: — «Men Jusama al-Muzaniyyaman», — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Yo‘q, siz — Hasona al-Muzaniyyasiz! O‘zingiz qandaysiz? Ahvollaringiz qanday? Biz ketgandan keyin qanday yashayapsizlar?» — dedilar. U: — «Yaxshimiz, otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam​», — dedi.

Kampir chiqib ketgach, men dedim: — «Yo Rasululloh, shu kampirga bunchalik iliq munosabat ko‘rsatmasangiz?» Shunda u zot: — «U Xadicha zamonida uyimizga kelib turar edi. Eski tanishlar bilan chiroyli muomala qilish iymondandir», dedilar.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV