Rossiya musulmonlari diniy jamoasi (RMDJ) 25 noyabr 'kuni barcha konfessiya va millatlardagi muhojirlar uchun federal portalni ochadi, dedi RMDJ raisi muftiy Al'bir Krganov.
Islam.ru xabariga ko'ra, avvalroq muftiy "RIA Novosti" axborot agentligiga muhojirlarni huquqiy himoya qilish va madaniy moslashtirish Federal markazining tashkil etilishi haqida ma'lumot bergan edi. Ular uchun ishonch telefoni ham ochiq (8-800-550-32-03). Loyiha Rossiyaning 18 hududida amalga oshirilmoqda.
"25 noyabr' kuni turli xil dolzarb ilovalar bilan va bir necha tilda - rus, tojik, o'zbek va qirg'iz tillarida ma'lumot olish imkoniyati bilan rosmigrant.rf yangi axborot portali ishga tushadi ", - dedi Krganov RF Jamaotchilik palatasidagi uchrashuvda.
Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, tashkilot "Muhojir alifbesi" nomli kitoblarning seriyasini chop etishga va o'quv videolarini yozib olishga tayyorlanmoqda.
"Loyihamiz boshlangandan beri migrantlardan ko'plab murojaatlar oldik, endi esa har kuni 40 tagacha murojaatlarni qabul qilamiz. Biz nafaqat maslahatlashib, masalalarni masofadan turib hal qilamiz, balki bevosita o'z qavmlarmiz va masjidlarimizda ham yordam ko'rsatamiz", - deya izoh berdi muftiy.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatida muborak Ramazon oyini yuqori saviyada kutib olish va mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida hududlardagi ibodat maskanlari mavsumga shay holatga keltirilmoqda.
Amalga oshirilgan asosiy ishlar:
Masjid binolari va atrofi obodonlashtirilib, sanitariya holati yaxshilandi;
Tahoratxonalar, isitish va yoritish tizimlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
Taroveh namozlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov Koson tumanidagi masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida namozxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning barcha tumanlarida davom ettiriladi. Maqsad — muqaddas oyni yuksak ruhiy kayfiyatda, tinchlik va osoyishtalikda o‘tkazishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Axborot xizmati