Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Rossiya musulmonlari diniy jamoasi muhojirlar uchun portal ochadi

20.11.2020   1923   1 min.
Rossiya musulmonlari diniy jamoasi muhojirlar uchun portal ochadi

Rossiya musulmonlari diniy jamoasi (RMDJ) 25 noyabr 'kuni barcha konfessiya va millatlardagi muhojirlar uchun federal portalni ochadi, dedi RMDJ raisi muftiy Al'bir Krganov.
Islam.ru xabariga ko'ra, avvalroq muftiy "RIA Novosti" axborot agentligiga muhojirlarni huquqiy himoya qilish va madaniy moslashtirish Federal markazining tashkil etilishi haqida ma'lumot bergan edi. Ular uchun ishonch telefoni ham ochiq (8-800-550-32-03). Loyiha Rossiyaning 18 hududida amalga oshirilmoqda.
"25 noyabr' kuni turli xil dolzarb ilovalar bilan va bir necha tilda - rus, tojik, o'zbek va qirg'iz tillarida ma'lumot olish imkoniyati bilan rosmigrant.rf yangi axborot portali ishga tushadi ", - dedi Krganov RF Jamaotchilik palatasidagi uchrashuvda.
Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, tashkilot "Muhojir alifbesi" nomli kitoblarning seriyasini chop etishga va o'quv videolarini yozib olishga tayyorlanmoqda.
"Loyihamiz boshlangandan beri migrantlardan ko'plab murojaatlar oldik, endi esa har kuni 40 tagacha murojaatlarni qabul qilamiz. Biz nafaqat maslahatlashib, masalalarni masofadan turib hal qilamiz, balki bevosita o'z qavmlarmiz va masjidlarimizda ham yordam ko'rsatamiz", - deya izoh berdi muftiy.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Jarohatiga suv zarar qiladigan kishining g‘usli

07.07.2025   2110   1 min.
Jarohatiga suv zarar qiladigan kishining g‘usli

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men qorin tarafdan operatsiya bo‘ldim va qornimning 25 sm joyi tikildi va bint qo‘yilgan. Doktorlar suv teksa yiringlaydi umuman suv tegmasin deyishdi. Ehtilom bo‘lib qolsam yo ayolim bilan qo‘shilsam, qanday g‘usl qilaman? Hamma yerimga suv tekkizib, bint turgan joyiga mas'h tortsam g‘uslim o‘tadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, siz aytgan ko‘rinishda g‘uslingiz durust bo‘ladi. Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri zararni daf qilishdir. Shuning uchun ibodatlarda bu narsaga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, tahorat va g‘usl qiluvchiga suv holatni og‘irlashtiradigan o‘rinlarda tayammum qilishga ruxsat berilgan. Bunda qoida shuki, badanining aksar qismiga suv tekkizish bemorlikka sabab bo‘lsa yoki kasallikni tuzalishini ortga surib yuboradigan bo‘lsa, shunda g‘usl qilmasdan tayammum qilinadi. Shuning uchun badanning yarmidan ko‘proq qismiga suv ishlatish imkoni bo‘lsa, o‘sha joylar to‘liq yuviladi, qolgan qismiga mas'h tortiladi. Vallohu a’lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.