O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Varshava shahrida (Pol'sha) Diniy erkinliklarni ilgari surish bo'yicha vazirlar konferentsiyasida ishtirok etdi va delegatlarga videomurojaat qildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.
Uchinchi marotaba o'tkazilayotgan anjumanda 58 mamlakat tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Ushbu formatdagi bundan oldingi ikkita forum Vashington shahrida 2018 va 2019 yillar tashkil etilgan edi.
O'zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari o'z chiqishida mamlakatimizning diniy erkinlikni ta'minlash borasidagi tajribasi, shuningdek, respublika ushbu yo'nalishda o'z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarning izchil bajarayotgani to'g'risida ma'lumot berdi.
Konferentsiya mavzusi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan chuqur demokratik o'zgarishlar ruhiga mos ekani ta'kidlandi.
Respublikada qisqa muddat ichida e'tiqod erkinligini mustahkamlash sohasida ko'rilgan amaliy chora-tadbirlar qayd etildi. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonun loyihasi xalqaro huquq me'yorlari va eng yaxshi demokratik standartlarni hisobga olgan holda tayyorlangani, diniy birlashmalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi soddalashtirilgani, mamlakat tarixida birinchi marta din va e'tiqod erkinligini monitoring qilish bo'yicha parlament eshituvlari o'tkazilgani shular jumlasidandir.
Vazir, shuningdek, jamiyatda diniy erkinlik va millatlararo totuvlikni ta'minlashning samarali usullaridan biri - bu bag'rikenglik madaniyatini mustahkamlash, shuningdek, ta'lim va ma'rifatni faol targ'ib qilish ekanini ta'kidladi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari ushbu muhim forum insonlarning din erkinligiga bo'lgan huquqlarini himoya qilishga ko'maklashish bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarni birlashtirishdagi yana bir muvaffaqiyatli qadam bo'lishiga ishonch bildirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Sog‘lom, baquvvat, epchil va abjir kishi har doim qardlangan. Shunday kishilarning ko‘p bo‘lishi natijasida jamiyat sog‘lom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida «Sog‘ tanda – sog‘lom aql» shiori ostida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tyapti.
Bugun, 27 yanvar kuni Toshkent viloyatida imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan stol tennisi musobaqasi yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Diniy soha xodimlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan ko‘ra Allohga yaxshiroq va sevimliroqdir» degan muborak hadislarini amalda isbotladilar.
Tabiiyki, musobaqada kimdir g‘olib, kimdir esa mag‘lub bo‘ladi.
Hakam hay’ati a’olarining xulosalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Abufayz domla Husanboyev
(Bo‘stonliq tumani “Toli buva” imom noibi);
2-o‘rinni Botirjon domla Abdug‘aniyev
(Bekobod tumani “Amirov Dadaxon” jome masjidi imom-xatibi);
3-o‘rinni Husan domla Haydarov
(Ohangaron tumani “Quraysh” jome masjidi imom noibi) qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga sovg‘alar ulashildi.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati