Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

Tuproqqal'ada yangi masjid uchun tamal toshi qo'yildi

15.09.2020   2217   2 min.
Tuproqqal'ada yangi masjid uchun tamal toshi qo'yildi

Horazm viloyatining Tuproqqal'a tumanida yangi masjid quriladi. Masjid uchun mahalliy hokimlik tomonidan tuman markazidan 130 km uzoqda joylashgan “Tuproqqal'a maskani” mahallasidan 60 sotix er ajratildi. Horazm-Buxoro viloyatlari chegarasida joylashgan Tuproqqal'a maskani, Sarimoy, Nukus, Hazorasp mahallalari ahlining ko'p yillik orzulari ushaladigan bo'ldi. 9 ming aholi istiqomat qiladigan to'rt hududda birorta masjid yo'q edi, eng yaqini Hazorasp tumanidagi “Shayx Qosim bobo” masjidi bo'lib, 120 kilometr masofani tashkil etadi.

Kuni kecha ezgu niyat va xayrli duolar bilan poydevor uchun tamal toshi qo'yildi. Ibodat uyiga shu joyda o'tov qurib yashab, Eshon nomi bilan xalq orasida ma'lum bo'lgan solih bir zot sharafiga “O'tovli Eshon” nomi berildi.

Tuproqqal'a tumanida to'rtta masjid bo'lib, asosan tuman markazida joylashgan. Qurilishi rejalashtirilayotgan ushbu masjidga 5-10 yildan buyon ehtiyoj mavjud edi. Tegishli ruxsat asosida xalq hashari bilan qurilish ishlarini boshlaymiz. Alloh nasib etsa kelasi yili Ramazon hayitiga bitkazishni rejalashatiryapmiz”, deydi viloyat bosh imom-xatibi Hayrulloh domla Abdullayev. Ibodatgoh Horazm me'morchilik an'analari asosida zamonaviy talablar uyg'unligida barpo etiladi. Honaqoh 160 kishiga mo'ljallangan bo'lsa, hovli va atrof sahnlari bilan 250 ga yaqin namozxonni sig'diradi.

 Allohning baytini bunyod etishdek xayrli amalga bel bog'lagan usta-hunarmandlar, barcha fidoiy insonlarga Tangrimizdan kuch-quvvat tilab, yangi masjid mo'min musulmonlarning shodligiga sabab bo'lishini tilab qolamiz.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi

29.01.2026   2194   1 min.
Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi
Yangiliklar