?O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlariga kirish RUHSATNOMASIni Diniy idoraning qabul.muslim.uz sayti va @qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali yuklab olishlari mumkin. Buning uchun abituriyent pasport seriyasi raqamini tegishli joyga yozadi va ruxsatnomani oladi.
❗️Madrasalarga Abituriyentlar test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi. Mazkur hujjatlardan biri bo'lmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi.
? Abituriyentning qaysi smenada test sinovlarini topshirishi ruxsatnomada ko'rsatilgan.
? Qabul imtihonlariga oid eng so'nggi ma'lumotlarni diniy idoraning https://t.me/muslimuzportal telegram kanali orqali xabardor bo'lib boring!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal
#Sayyor_yig‘ilish
Bugun, 2026 yil 2 fevral kuni Toshkent shahridagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib bordilar.
Yig‘ilishda O‘MI Toshkent shahar vakilligi mutasaddilari, shahrimiz ulamolari shuningdek tumanlar bosh imomlari, otinoyilar, «Haj 2025» ziyoratchilari va mhallalar raislari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida har bir mahallaning kamida 5 tagacha muammoli xonadoniga kirilib, u yerda yashayotgan kishilardan hol-ahvol so‘raldi.
Imom-xatiblar 7 toifaga mansub yuzdan ziyod oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub o‘nga yaqin oilaga kirilib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib borildi.
Yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi.
Notinch oilalar o‘rganilib, ular yarashtirildi.
Tadbirda ichkilikka ruju qo‘ygan kishilar bilan ham suhbatlashilib, ularga sog‘lik katta ne’mat ekani tushuntirildi.
Diniy soha xodimlarining «Haj 2025» ziyoratchilari bilan birga mahallalarga, oilalarga kirib borayotganidan aholi juda mamnun.
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati