Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

DIQQAT: Abituriyentlarning ruxsatnoma olish tartibi

14.09.2020   2073   1 min.
DIQQAT: Abituriyentlarning ruxsatnoma olish tartibi

?O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlariga kirish RUHSATNOMASIni Diniy idoraning qabul.muslim.uz sayti va  @qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali yuklab olishlari mumkin. Buning uchun abituriyent pasport seriyasi raqamini tegishli joyga yozadi va ruxsatnomani oladi.

❗️Madrasalarga Abituriyentlar test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi. Mazkur hujjatlardan biri bo'lmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi.

? Abituriyentning qaysi smenada test sinovlarini topshirishi ruxsatnomada ko'rsatilgan.

? Qabul imtihonlariga oid eng so'nggi ma'lumotlarni diniy idoraning https://t.me/muslimuzportal telegram kanali orqali xabardor bo'lib boring!

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal

Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   1587   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.