25 iyun kuni dunyoga mashhur London Christie's auksion uyi Mehmed Fotih sifatida tanilgan usmonlilar Sultoni Mehmed IIning asl portreti sotish uchun qo‘yildi. Portret juda ko‘p sabablarga ko‘ra noyobdir.
Islomosferaning ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonli imperiyasining eng nufuzli sultoni Mehmed Fotihning portreti 1480 yilda italiyalik rassom Jentile Bellini tomonidan qilingan.
Kartina Mehmed IIning undan tashqari boshqa shaxs bo‘lgan yagona portretidir. Bu kimoshdi savdosidagi eng e’tiborli ishlardan biri bo‘ladi. Portret 400,000 va 600,000 funt sterling atrofida turadi (506 055 – 759 083 ming AQSH dollari).
Christie's ning Islomiy va hind san’ati bo‘limi rahbari Sara Plamblining aytishicha:
"Bu kartina Konstantinopolning fotihi Sulton Mehmedning uchta portretidan biridir. Ular xususiy kolleksionerlarga tegishli va shu kungacha saqlanib qolgan. Bu juda noodatiy portret. Sultonning yonida yana bir arbobni ko‘ramiz. Haligacha bu odamning kimligini hech kim bilmaydi. Bu haqda bir necha taxminlar bor. Bir taxminga ko‘ra, bu uning uchta o‘g‘lidan biri, ammo ular orasidagi yoshning unchalik katta bo‘lmagan farqi bu nazariyaga mos kelmaydi. Boshqa nuqtayi nazarga ko‘ra, bu kishi soqoli olingan yuzli va terisining oq rangi tufayli Yevropa amaldorlaridan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Plambli xonim ikkinchi figuraning Sultonning figurasi bilan bir xil miqyosda tasvirlanishi odatiy amaliyot emasligini ta’kidladi. "Agar boshqa figura bo‘lsa, u juda muhim shaxs yoki Qirol oilasiga mansub shaxs bo‘lishi kerak", dedi u.
Yana bir muhim jihati shundaki, bukartina Mehmedning Fotihning saqlanib qolgan uchta portretidan biridir, boshqalari London milliy galereyasining doimiy kolleksiyasining bir qismidir.
21 yoshida Konstantinopolni bosib olishdan tashqari, Mehmed san’atga bo‘lgan muhabbati bilan ham tanilgan. Uning o‘zi chizgan o‘xshash portretlari bo‘lgan. Biroq, ularning qayerda joylashgani ma’lum emas.
Uyg‘onish davriga katta qiziqish bilan qaragan Mehmed II nemis qiroli Frederik III dan unga yaxshi portret chiza oladigan rassomini yuborishni so‘radi. Natijada 1479 yilda italiyalik rassom Jentile Bellini (1429-1507) Istanbulga keldi. Sulton Bellinining iste’dodiga ishonch hosil qilish uchun o‘z portretini chizishga ruxsat berishdan oldin undan saroyda yashovchi odamlarning portretlarini chizishni so‘radi.
1480 yil 25 noyabr sanasi rasmning pastki o‘ng burchagida lotin tilida yozilgan. 1481 yilgacha Istanbulda qolgan venetsiyalik musavvir Bellinining eng muhim asarlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo sha’bonning yarmidagi tunlarda barcha maxluqotlariga nazar solib, mushrik va arazlashganlardan boshqa barchaning gunohini kechiradi" (Ibn Moja rivoyati).
Men Sizdan Alloh uchun kechirim so‘rayman.
Meni kechiring!
Ostonada Baroat kechasi!
Bugun shom namozida keyin gunohlar kechiriladigan – Baroat kechasi kirib keladi. Bu kechada hammaning gunohlari kechiriladi, faqat bir-biri bilan arazlashgan, gina-adovatda bo‘lganlar mag‘firatga erishmaydi.
Aslida kechirish juda oson... To‘g‘ri, balki dilingizni og‘ritishgan, yaxshiliklaringizni bilishmagandir, ammo baribir, kechirimli bo‘lish yaxshi.
Ko‘nglingizga ozor berganlarni kechirish uchun o‘zingizni ovutib, bahonalar to‘qishga urinmang. Balki shuncha gunoh qilsangiz ham Alloh Sizning gunohlaringizni kechirayotganini, U Zot sizga lutf etayotgan beminnat ne’matlarini eslang.
Ishoning, arazlashgan yaqinlaringiz bilan munosabatlarni tiklash, ko‘ngildagi nafrat izlarini yo‘qotish, qalbdagi og‘riqni to‘liq olib tashlash – sizga ancha yengillik beradi.
Baroat kechasi – gina-adovat, nafrat-arazlar, xafagarchiliklar unutiladigan, hamma bir-biridan rozilik hamda kechirim so‘raydigan kecha. Bu kecha Alloh nasib qilsa yana bir yildan keyin keladi. Lekin unga yana kimlar yetadi, kimlar yetmaydi.
Shunday ekan, yaxshi ko‘rgan insonlaringizni mahkam tuting.
Ularni yaxshi ko‘rishingizni ayting, xatolarini kechiring. Bir kun kelib kech bo‘lishi mumkin.
Hayot gina saqlashga, g‘azabga, rishtalarni uzishga arzimaydi.
Ertaga biz faqat xotira bo‘lib qolamiz. O‘lim ruxsat so‘ramaydi.
Davron NURMUHAMMAD