Haj va Umra vazirligi Madinadagi ziyoratchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan yana ikki yangi markaz ochilganini e’lon qildi. Bu Saudi Vision 2030 dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Ushbu tibbiyot muassasalari al-Baqida va shahzoda Muhammad ibn Abdel Aziz xalqaro aeroportida joylashgan, deb xabar beradi Islam.ru sayti. Bu yerda ziyoratchilar maxsus yordamchi moslamalaridan foydalanish, zarur hujjatlarni oson to‘ldirishi va bir necha tillarni biladigan tarjimonlar xizmatidan foydalanishi mumkin.
Bugungi kungacha Haj vaziri va doktor Muhammad Solih bin Taher Benten ko‘magi ostida Makka va Madinada to‘rtta tibbiy markaz ochilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati