Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Mart, 2026   |   3 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:03
Quyosh
06:22
Peshin
12:35
Asr
16:49
Shom
18:42
Xufton
19:55
Bismillah
23 Mart, 2026, 3 Shavvol, 1447

Olmani tishlagan qiz

20.01.2020   2482   1 min.
Olmani tishlagan qiz

Qizaloqning qo‘llarida ikkita olma bor edi. Onasi undan “Qizim, olmaning bittasini menga ber” deb so‘radi. Qiz onasiga tikilib turdi-da, keyin qo‘lidagi olmalarni birin-ketin tishladi. Onasi qizining bu ishidan biroz xafa bo‘lib, “Mehr bilan boqqan qizim shunday qildiya” degan narsa xayolidan o‘tdi. O‘z qizidan bunday muomalani kutmagandi. Qizidan uzoqlashib, boshqa xonaga chiqmoqchi bo‘lganida, qizi uning ortidan chaqirdi va “Onajon, mana bunisi shirinroq ekan” dedi-da, olmalarning birini onasiga uzatdi.

Qizaloq onasiga shirin olma berish uchun ularni tishlab ko‘rgandi. Onasi esa bu holni biroz noto‘g‘ri tushundi va qizidan xafa bo‘la boshladi. Qizining gapidan keyin ona undan bekorga xafa bo‘lganini angladi.

Har qancha ilmli, tajribali va dunyoqarashi keng inson bo‘lmang, boshqalar haqida hukm chiqarishga shoshilmang. Odamlarga o‘z maqsadlarini bayon qilib berishlari uchun imkon bering.

 

Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

RAMAZON HAYITI NAMOZINING O‘QILISH VAQTLARI BILAN TANISHING!

19.03.2026   18707   1 min.
RAMAZON HAYITI NAMOZINING O‘QILISH VAQTLARI BILAN TANISHING!

Yurtimiz masjidlarida 2026 yil 20 mart – juma kuni Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari quyidagicha belgilandi:

1. Andijon viloyati  06:40
2. Farg‘ona viloyati  06:40
3. Namangan viloyati  06:40
4. Toshkent shahar  06:50
5. Toshkent viloyati  06:50 
6. Sirdaryo viloyati  06:55
7. Jizzax viloyati  07:00
8. Samarqand viloyati  07:00 
9. Navoiy viloyati  07:05
10. Buxoro viloyati  07:05
11. Qashqadaryo viloyati  07:05
12. Surxondaryo viloyati  07:05
13. Xorazm viloyati  07:25
14. Qoraqalpog‘iston Res.  07:30 

#namoz #vaqt #ramazon_hayiti 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati