Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Fevral, 2026   |   16 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:11
Quyosh
07:32
Peshin
12:42
Asr
16:01
Shom
17:47
Xufton
19:01
Bismillah
04 Fevral, 2026, 16 Sha`bon, 1447

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada «Yilning xorijiy davlat arbobi» deb topildi

27.12.2018   4259   1 min.
Shavkat Mirziyoyev Turkiyada «Yilning xorijiy davlat arbobi» deb topildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Tursomoney moliyaviy-iqtisodiy jurnalining yillik reytingida “Yilning xorijiy davlat arbobi” deb topildi. Bu haqda Istanbulda hukumat, parlament, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tantanali marosimda e’lon qilindi.

Mazkur reyting ikki asosiy — “Yilning xorijiy davlat arbobi” va “Turkiyaning atoqli davlat arbobi” — nominatsiya va 6 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilanadi. Kollegial komissiya va jyuri qarori Turkiya hamda chet el siyosatchilari, biznes vakillari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Jyuri tarkibiga jurnal ekspertlari, Turkiya hukumati va parlamenti a’zolari, mamlakat mintaqalari vakillari kiradi.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston davlat rahbarining tashqi dunyo, xususan, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalar va o‘zaro hamkorlik mustahkamlanishiga qo‘shgan salmoqli hissasi e’tirof etilgan. Turkiyaning sobiq bosh vaziri, hozirda parlament spikeri Binali Yildirim reytingdagi ikkinchi asosiy nominatsiya g‘olibi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev avvalroq Osiyo jurnalistlari uyushmasi tomonidan siyosat yo‘nalishi bo‘yicha “Osiyoda yil odami” deb topilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi

03.02.2026   3750   2 min.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi

#xabar #hamkorlik #muhokama
Shu yil 2 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Rossiya Federatsiyasi musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Rushan hazrat Abbyasovni qabul qildilar.


Muftiy hazrat mehmonni tashrif bilan qutlab, keyingi yillarda yurtimizda bo‘layotgan katta ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘zlash barobarida do‘stona munosabatlar tufayli hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani, xususan, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi diniy idoralari o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida diniy-ma’rifiy, ilmiy-madaniy sohalarda hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladilar. Ayniqsa, o‘tgan yillar davomida birgalikda o‘tkazilgan xalqaro anjumanlar, ulamolar muloqotlari, tashriflar va tajriba almashinuvlar juda ham foydali bo‘layotgani e’tirof etildi.  


O‘z navbatida Rushan hazrat Abbyasov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirish asnosida O‘zbekistonda barcha jabhada bo‘layotgan o‘zgarishlar, jumladan, diniy sohadagi yangiliklardan behad xursand ekanligini bayon etdi. Shuningdek, Muftiy hazratlariga mazkur mamlakat musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdinning salom va tabrigini yetkazish barobarida o‘zlariga qulay vaqtda ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun Rossiya Federatsiyasiga rasmiy safar qilish taklifini taqdim etdi.  


Muloqot davomida O‘zbekiston ilm-ma’rifat markazi ekani, Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko‘plab ulamolar 500 yillik tarixga ega Mir Arab madrasasi va Toshkent islom institutida ta’lim olgani, hozir ham ushbu an’ana davom ettirilib, bu yerdagi diniy ta’lim muassasalarida xorijlik talabalar o‘qiyotganini e’tirof etdi. 


Uchrashuvda tomonlar hamkorlikda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, diniy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, diniy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi
O'zbekiston yangiliklari