Cavol: Tobut ortidan yurish afzalmi yoki oldidami? Shunga bog‘liq masalalarni bayon qilsangiz.
Javob: Tobut ortida yurish afzaldir. Tobutning o‘ng yoki chap tomonida yurilmaydi (“Fathul-qadir”).
Vafot etgan kishi qo‘shni, qarindosh yoki yaxshiligi bilan tanilgan inson bo‘lsa, uning tobuti ortidan borish nafl ibodatdan afzaldir (“Bahrur-roiq”).
Biror ulovda tobutning ortidan borayotgan kishi undan o‘tib ketishi makruhdir (“Fatovoyi Qozixon”).
Tobut ortidan borayotganlar jim, so‘zlashmay borishlari lozim. Ovozlarini chiqarib Qur’on o‘qishlari va zikr qilishlari makruh.
Zikr qilishni xohlagan kishi ichida zikr qilishi mumkin (“Sharhi Tahoviy”; “Fatovoyi Qozixon”).
“So‘ragan edingiz” kitobi asosida tayyorlandi
O‘MI Matbuot xizmati
Bugun, 2 fevral kuni “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida mazkur mutaxassislar uchun azon va iqoma bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum tomonidan olib borilmoqda.
Bugungi darslarda Toshkent Islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlari ustozlari ishtirok etdilar.
Dars davomida har bir tinglovchining azon va iqoma borasidagi mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati