Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Tobutning oldida yurgan afzalmi yoki ortidami?

06.04.2018   8395   1 min.
Tobutning oldida yurgan afzalmi yoki ortidami?

Cavol: Tobut ortidan yurish afzalmi yoki oldidami? Shunga bog‘liq masalalarni bayon qilsangiz. 

Javob: Tobut ortida yurish afzaldir. Tobutning o‘ng yoki chap tomonida yurilmaydi (“Fathul-qadir”). 

Vafot etgan kishi qo‘shni, qarindosh yoki yaxshiligi bilan tanilgan inson bo‘lsa, uning tobuti ortidan borish nafl ibodatdan afzaldir (“Bahrur-roiq”). 

Biror ulovda tobutning ortidan borayotgan kishi undan o‘tib ketishi makruhdir (“Fatovoyi Qozixon”). 

Tobut ortidan borayotganlar jim, so‘zlashmay borishlari lozim. Ovozlarini chiqarib Qur’on o‘qishlari va zikr qilishlari makruh. 

Zikr qilishni xohlagan kishi ichida zikr qilishi mumkin (“Sharhi Tahoviy”; “Fatovoyi Qozixon”).

 

“So‘ragan edingiz” kitobi asosida tayyorlandi

O‘MI Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Videolar

Soxta salafiylarga aqliy dalillar

23.10.2025   423   1 min.

Qobiljon Aslanov, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani "Abduxoliq G‘ijduvoniy" jome masjidi imom-xatibi

VIDEO