Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Fevral, 2026   |   14 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:13
Quyosh
07:34
Peshin
12:42
Asr
15:59
Shom
17:44
Xufton
18:59
Bismillah
02 Fevral, 2026, 14 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Boyovutda imom-xatiblarning navbatdagi sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi

12.08.2024   7101   1 min.
Boyovutda imom-xatiblarning navbatdagi sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov boshchiligida shahar va tuman bosh imom-xatiblari, Boyovut  tumanida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar “Hazrati Xizr” jome masjidida jam bo‘ldilar.

Mazkur yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad joylardagi masjidlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, kuzatilinayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va aholining ichiga kirib, sohaga doir muammolarini bartaraf etish sanaladi.

Tavba.uz

 

Boyovutda imom-xatiblarning navbatdagi sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi Boyovutda imom-xatiblarning navbatdagi sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi Boyovutda imom-xatiblarning navbatdagi sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda

29.01.2026   7882   1 min.
Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda

Qashqadaryo viloyatida muborak Ramazon oyini yuqori saviyada kutib olish va mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida hududlardagi ibodat maskanlari mavsumga shay holatga keltirilmoqda. 
 

Amalga oshirilgan asosiy ishlar:

  • Masjid binolari va atrofi obodonlashtirilib, sanitariya holati yaxshilandi;

  • Tahoratxonalar, isitish va yoritish tizimlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

  • Taroveh namozlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.


Joriy yilning 28 yanvar kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov Koson tumanidagi masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida namozxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 


Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning barcha tumanlarida davom ettiriladi. Maqsad — muqaddas oyni yuksak ruhiy kayfiyatda, tinchlik va osoyishtalikda o‘tkazishdir. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Axborot xizmati

Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda
O'zbekiston yangiliklari