Sabq elektron gazetasining ma’lum qilishicha, 32 yil davomida pokistonlik muslima Nasim Axtar tomonidan matoga to‘qib tayyorlangan Qur’oni karim ko‘rgazmada namoyish uchun joylandi. Ushbu yagona nusxadagi Mus'haf Jabal Omar Qur’on ko‘rgazmasiga qo‘yilgan bo‘lib, har kuni minglab insonlar ushbu ko‘rgazmadan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyurishlari qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1987 yilda 30 yoshida bo‘lgan pokistonlik muslima Qur’oni karimni to‘qishni boshlagan va 2018 yil yanvarida u noyob Mus'hafni ko‘chirishni tugatgan.
Ushbu Mus'hafni yaratishda 300 metrdan ortiq mato va 25 ming metrdanortiq ip ishlatilgan. Qur’oni karim 10 tomdan iborat bo‘lgani, har bir qismda 3 juzdan iborat ekani aytilgan.
Muslima to‘qish bilan peshin namozidan keyin bo‘sh vaqtida shug‘ullangan.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Sayyor_yig‘ilish
Bugun, 2026 yil 2 fevral kuni Toshkent shahridagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib bordilar.
Yig‘ilishda O‘MI Toshkent shahar vakilligi mutasaddilari, shahrimiz ulamolari shuningdek tumanlar bosh imomlari, otinoyilar, «Haj 2025» ziyoratchilari va mhallalar raislari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida har bir mahallaning kamida 5 tagacha muammoli xonadoniga kirilib, u yerda yashayotgan kishilardan hol-ahvol so‘raldi.
Imom-xatiblar 7 toifaga mansub yuzdan ziyod oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub o‘nga yaqin oilaga kirilib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib borildi.
Yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi.
Notinch oilalar o‘rganilib, ular yarashtirildi.
Tadbirda ichkilikka ruju qo‘ygan kishilar bilan ham suhbatlashilib, ularga sog‘lik katta ne’mat ekani tushuntirildi.
Diniy soha xodimlarining «Haj 2025» ziyoratchilari bilan birga mahallalarga, oilalarga kirib borayotganidan aholi juda mamnun.
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati