Kecha Nukus Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurtida “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish – davr talabi”, “O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” va “Imom Buxoriy merosi – yot g'oyalarga qarshi” mavzularida ilmiy suhbat tashkil qilindi.
Unda Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasining bosh mutaxassisi H.Nezamatov, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari J.Jumayev, B.Maxmudov, S.Abduvoitov Bilim yurti o'qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.
Tadbirni Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov ochib berdi va boshqarib bordi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar bugun yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan adolatli siyosat natijasida barcha sohalar qatori diniy-ma'rifiy sohada ham ijobiy o'zgarishlar, islohotlar va rivojlanishlar yuz berayotgani, xususan, muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Halqaro islom akademiyasi va boshqa bir qator ilmiy tadqiqot markazlari tashkil qilingani e'tirof etildi.
Shunigdek, ajdodlarimiz qoldirgan qo'l yozma asarlar, ilmiy adabiyotlar va boshqa ko'plab bebaho meroslarimiz o'rganilib, tarjima qilinib qayta nashr qilinayotgani ta'kidlandi.
Bu xususda Prezidentimiz Sh. Mirziyoev ham «...tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qo'lyozma bo'lsa ham, ularni to'plab, xalqimizni, yoshlarimizni tanishtirish, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatish, farzandlarimizni shu ulug' merosga munosib etib tarbiyalashdan iborat» deya ta'kidlagan edi.
O'z navbatida, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari bilim yurti talabalarini kitoblar va qo'l yozma asarlar bilan tanishishga markazga taklif qildi.





Bilim yurti ma'naviy va
Ma'rifiy ishlar bo'lim boshlig'i A.Yerejepov
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati