Zayniddin Eshonqulov,
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi
Joriy yilning 1–30 noyabr kunlari respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi»ni yuqori saviyada tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida kibermadaniyatni yuksaltirish maqsadida hamkor vazirlik va idoralar, hokimliklar, banklar hamda agentliklar vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda oylik doirasida amalga oshiriladigan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari, aholi o‘rtasida kibergigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish, internet tarmog‘idagi mavjud tahdidlardan ogohlikni oshirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, respublika bo‘ylab keng qamrovli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, aholining turli qatlamlarini qamrab olish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali profilaktik materiallarni keng yoritish hamda hamkor idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi»ni yuqori saviyada o‘tkazish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini ta’minlash yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarning vazifalari belgilab olindi.
Mazkur oylik aholining kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oshirish, kibergigiyena ko‘nikmalarini mustahkamlash va kiberjinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.