O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Toshkent islom instituti “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov, “Qur'oni karim va tajvid o'quv kurslari” bo'limi boshlig'i Jahongir qori Ro'ziyev Jizzax viloyati Jizzax va Zomin shahridagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi faoliyatini ko'zdan kechirdilar.
Diniy soha rahbar va mas'ullariga viloyat bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov va vakillik xodimlari hamrohlik qildi.
O'quv kursi binosida o'qituvchi va tinglovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda Muhammadolim domla va Jahongir qori muhim mavzuda mav'iza qilib berdi.
Tadbir yakunida tinglovchilarga Jahongir Ne'matovning “Alif-Yo” kitobi hadya qilindi.
1. Zomin shahridagi “Qur'oni karim va tajvid” kursi:
Jizzax viloyati, Zomin tumani, G'.G'ulom MFY, Sh.Nasriddinov ko'chasi
Lokatsiya (https://goo.gl/maps/VSmStLDXxq3Htvya9)
☎️ (97) 328-63-40, (93) 294-83-53
2. Jizzax shahridagi “Qur'oni karim va tajvid” kursi:
Jizzax shahar, Sayljoyi mahallasi, Umidobod ko'chasi
Lokatsiya (https://goo.gl/maps/CW3waYMutiFCM8FA6)
☎️ (97) 325-72-43

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati