Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaga “Faxriy doktor” unvoni berildi

24.11.2023   1634   1 min.
Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaga “Faxriy doktor” unvoni berildi

Bugun, 24 noyabr' kuni Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining to'rtinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaga O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Uyg'un G'ofurov Ilmiy kengashning “Faxriy doktor” ilmiy unvonini topshirdi.

adbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov ushbu yuksak e'tirof Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaning qardosh xalqlar munosabatlarini rivojlantirish, Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo'min-musulmonlar hamjihatligini mustahkamlash hamda ilmiy-ijodiy faoliyatlaridagi samarali mehnatlarining natijasi ekanligini ta'kidladi.

O'z navbatida Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda yuksak e'tibor va ehtiromdan cheksiz mamnun ekanligini izhor etib, erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari zamirida shu yurt ustozlaridan olgan saboqlari, yo'l-yo'riqlari mujassam ekanligini bildirdilar.

Shayxulislom ushbu unvon katta mas'uliyat ekanligi, unga munosib bo'lish uchun kuch-g'ayrat va salohiyatini sarflashini ma'lum qildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   7642   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari