Shu yil 2 may kuni Buxoro shahridagi “Ho'ja Ismat” jome masjidi yangi binosi poydevoriga ilk g'isht qo'yildi.
Marosimda O'zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, imom-xatiblar, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar ishtirok etdi.
Loyihaga ko'ra, yangi masjid 2 000 namozxonga mo'ljallangan. Shuningdek, majmuada kutubxona, xodimlar xonalar, 60 kishilik tahoratxona, omborxona o'rin olgan. Endilikda qurilish ishlari yanada jadal sur'atda davom etadi.
Tadbir so'ngida Jobir domla Haq taolodan ushbu masjid tez orada qad rostlab, mo'min-musulmonlarga to Qiyomatga qadar xizmat qilishini so'rab xayrli duolar qildi.





O'zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati