“Hidoya” islom bilim yurtida talabalar bilan asosiy darsdan tashqari vaqtlarida qo'shimcha to'garaklar tashkil etilgan. Unda bilim yurti fiqh fani o'qituvchisi Yusufxon Shodiyev rahbarligida 3-kurs talabalari Hasan ibn Ammor Shurunbuloliyning “Nurul izoh” kitobini boshidan oxiriga qadar arabiy matni o'qib tarjima qilib tugatildi.
Mazkur ish 2023 yil oktyabr' oyida boshlanib, etti oy davomida o'qilib, 2024 yil aprel' oyi oxirida yakuniga etkazildi. Kitobni tugatish jarayonida bilim yurti mutasaddi vakillari ishtirok etdi.
Ustozlar guvohligida kitobning oxirgi beti o'qildi. Yakunda bu ezgu ish doimiy bo'lishini so'rab xayrli duolar qilindi.
***
Bugun Hadis ilmi maktabi rektori boshchiligidagi bir guruh ustoz va talabalar Surxondaryo viloyatiga navbatdagi safarga chiqishdi. Dastlab Abu Iso at-Termiziy qabrini ziyorat qilib, ulug' zotning haqiga Qur'ondan tilovatlar etilib, duo xayrlar qilindi.
Shundan so'ng “Hatmul kutub” tadbiri bo'lib o'tdi. Unda birinchi kurs talabalari “Sunani Termiziy”ning muqaddima bobidan dastlabki sahifalarini o'qishga kirishdi, uni o'qib bitirgan ikkinchi kurs talabalari esa kitobning so'nggi sahifalarini xatm qilishdi va ustozlar qo'lidan “Ijoza”larini qabul qilib olishdi.
***
Shu yil 3 may kuni “Hoja Buxoriy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasining 4-bosqich talabalari Fiqh faniga oid mo''tabar “Fathul bob al-inoya” kitobini to'liq o'qib tugatganligi munosabati bilan “Hatmul kutub” tadbiri o'tkazildi.
Mazkur fayzli tadbirga Samarqand Hadis ilmi maktabi o'qituvchisi Shayx Muhammad Jamoliddin Hoshim-Al-Azhar universiteti professori, Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta o'qituvchisi Faxriddin domla Mamanosirovlar taklif etildi.
Shu munosabat bilan ustozlardan madrasaning o'qituvchi va talabalari “Fathul bob al-inoya”, “Sunani Termiziy”, “Shamoili Muhammadiya”, “Hikamul Atoiya”, “Almadxol ila usulul hadis ala manhajil hanafiyya”, “Al-arbain An-Navaviy” kitoblaridan ijoza shahodatnomalarini qabul qilib olishdi.







Abdunosir Bobamirzayev
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati