Shu yil 8 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Iroqning Ostonadagi muvaqqat ishlari bo'yicha vakili Jobir al-Tamimiyni qabul qildi.
Muloqotda Muftiy hazratlari so'nggi yillarda O'zbekiston va Iroq davlatlari o'rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar rivojlanishida ikki davlat Rahbarlari sa'y-harakatlarining samarasi katta ekani, O'zbekistonning Iroqdagi birinchi elchisi tayinlangani, O'zbekiston va Iroq qonun chiqaruvchi organlari o'rtasidagi o'zaro kelishuvga erishilgani hamkorlikning yangi bosqichidan darak berishini qayd etdilar. Shuningdek, yurtimizda oxirgi yillarda diniy-ma'rifiy sohada bo'layotgan o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
Jobir al-Tamimiy janoblari O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, bunday o'zgarishlar yanada bardavom bo'lishini tiladi. Shu bilan birga ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro aloqalar uzoq tarixga borib taqalishi, yagona din va mushtarak maqsadlar birlashtirib turishini ta'kidlab, ikki xalq o'rtasida qadimdan ilm-fan, madaniyat, savdo aloqalari o'rnatilgani, qadimda haj va umra ziyoratchilari Iroq orqali muborak ziyoratlarga borgani haqida so'z yuritdi.
Elchi janoblari Iroq zaminida juda ko'p tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlar borligi hamda diniy muhit haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, u mazkur muloqotlardan maqsad, Markaziy Osiyo xususan, O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, bunday aloqalar ikki davlat uchun ham manfaatli bo'lishini qayd etdi. Ayniqsa, ziyorat turizmi bo'yicha ko'plab loyihalar qilish mumkinligi, bunda Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlari misolida O'zbekiston salohiyati ham yuqoriligini ta'kidladi.
Uchrashuv do'stona va samimiy ruhda o'tdi.
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbyekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti