Qur'oni karim bo'yicha dunyo musobaqalaridan birida sobiq sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlardan biridan kelgan o'n ikki yashar kichkina bola g'alaba qozondi. Uning puxtaligi hayratlanarli darajada edi. Qur'oni karimni qanday qilib bu darajada puxta yod oldingiz, buni qanday uddaladingiz, deb so'rashganda, u: “Buni mening otam qildi”, deb javob beribdi.
- Otangizga kim o'rgatgan, unga kim Qur'on yodlatgan?
- Bobom.
Hamma bundan ajablanib, boladan yana so'rashibdi: – Namoz o'qigan odamni ko'rsa qatag'on qilgan Sobiq sovet ittifoqi bosimi ostida bo'la turib, bobongiz qanday qilib otangizga ta'lim bergan?
- Bobom otamni go'daklik payti eshakka mingashtirib olib yurarkanlar, qishloq tashqarisidagi uzoq joylarga ham birga olib ketarkanlar. Keyin otamning ko'ziga bog'ich bog'lab, tog'dagi bir g'orga olib borarkanlar. G'orga kirgach bog'ichni otamning ko'zidan olib, Qur'on suralari tushurilgan varaqlarni olarkanlar va muyassar bo'lgancha otamga yodlatarkanlar. So'ng yana ko'zlarini bog'lab, uyga qaytarkanlar. Shu tariqa otam Qur'onni yod olgan ekanlar.
- Nima uchun bobongiz otangizning ko'zini bog'lar ekan?
- Kommunistik rejim mobodo uning o'g'liga kelib, qiynoqqa solsa, og'riqqa chidolmay maxfiy Qur'on yodlatish madrasasini oshkor qilib qo'ymasin, deb qo'rqib shunday qilgan ekanlar.
Ular qayoqda-yu, biz qayoqda?!
Bunday xabardan keyin shahri bo'ylab yuzdan ortiq Qur'on yodlatish halqalari bo'la turib bitta ham sura yodlamagan, Robbi oldiga qanday borishni o'ylamagan odamdan ajablanasan kishi!
Farzandingizni Qur'on o'qishga odatlantiring, Qur'on yolg'izligida uning hamrohi bo'ladi. Unga shahvat va shubhalar bilan to'lib-toshgan hayotning ko'chalarini yoritib turadi.
Qur'on dunyoda unga ishtiyoqmand bo'lgan sohibini shafoat qiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Qur'on qiyomat kuni kelib aytadi: “Yo Robbim, unga qo'yib ber, karomat tojini kiysin”. Keyin yana aytadi: “Yo Robbim, uni ziyoda qil, karomat libosini kiysin”. Keyin yana aytadi: “Yo Robbim, undan rozi bo'l”. So'ng o'sha bandaga aytiladi: O'qi va ko'taril, har bir oyat o'qiganingda bitta savob bo'lajak”.
Qur'on ahli uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan maxsus bashorat bor. U zot dedilar: “Odamlar ichida Allohning ahli bor”. Sahobalar: “Yo Rasululloh, ular kim?” deya so'rashdi. U zot: “Qur'on ahli Allohning ahli va xos bandalaridir”, dedilar.
Davlat miqyosida mushaflar tarqatadigan islomiy davlatlar bor. Agar siz shunday yurtlardan birida yashayotgan bo'lsangiz Allohga bergan shunday ulug' ne'mati uchun hamd aytdingizmi? Mushaf izlasangiz bemalol topa olasiz. Bu naqadar katta baxt! Lekin afsuski ba'zi uylarda chang bosib yotadi, hech kim ochib varaqlamaydi ham…
Doktor Hasson Shamsi Poshoning “Metin qoyalar” kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati