Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Sentabr, 2026   |   8 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:07
Peshin
12:17
Asr
16:37
Shom
18:30
Xufton
19:45
Bismillah
19 Sentabr, 2026, 8 Rabi`us soni, 1448

Juma namozida saflarni to'ldirish

17.05.2024   2332   3 min.
Juma namozida saflarni to'ldirish

Cavol: Juma namoziga borganimizda havo issiq bo'lganligi uchun ba'zi odamlar saflarni to'ldirishga e'tibor bermay, soya joylardan turib iqtido qilishadi. Orada ochiq joylar qolganligidan ularning namozlari to'g'ri bo'ladimi?

 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Namozda saflarni to'ldirish, tekis qilish va orada ochiq joylar qoldirmaslik borasida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan juda ko'p hadislar vorid bo'lgan.

Shuning uchun namozxonlar saflarni to'ldirish, tekis qilishga alohida e'tibor qaratishlari kerak bo'ladi. Ammo, saflarni to'ldirish va tekisligiga e'tiborsizlik qilib namozlarini ado qilsalar, garchi namoz ado bo'lsada, Ibn Obidiyn rahimahullohning “Roddul Muhtor”da keltirishlaricha tahriman (haromga yaqin) makruh bo'ladi. Bu o'rinda havoning issiq yoki sovuq bo'lishi va shu sabab namozxonlar soya joylarga o'tib olishi uzr hisoblanmaydi. Balki mashaqqat ziyoda bo'lishi beriladigan ajrning ham ziyoda ko'payishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, zaruratsiz masjid tomida namoz o'qishlik makruhdir.

Shuning uchun qattiq issiq bo'lgan vaqt masjid tomida jamoat bilan namoz o'qishlik makruhdir. Ammo, masjid torlik qilib tomga chiqishlikning zarari yo'q. Issiqning o'zi zaruratni keltirib chiqarmaydi. Issiq sababli mashaqqat ortadi bu esa ajrni ziyoda bo'lishligiga sabab bo'ladi (Fatovoi Hindiya”.J.5. – B.322. Nisobul ihtisob”. – B.32.).

Shuni ham yodda tutish lozim: Ushbu holat masjid hududidan tashqarida bo'lsa, iqtido durust bo'lmaydi. Chunki iqtido durust bo'lishi uchun imom va muqtadiyning makoni bir bo'lishi, ya'ni turgan joyi bir bo'lishi shartdir. Shuni eslatib o'tish kerakki, Masjid sahni va hovlisi masjid hududi hisoblanadi. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   44707   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari