Alloh taolo buyurgan amallarning har birining o'ziga xos fazilat va hikmatlari mavjud. Islomning beshinchi rukni bo'lgan haj ibodatining ham fazilatlari bor.
Darhaqiqat, Makka shahrida Maqomi Ibrohim, Zamzam bulog'i, Hajarul-asvad, Safo, Marva kabi osori atiqalar mavjud bo'lib, ular uzoq o'tmishning alomatlaridan hisoblanadi. Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz alayhissalom: “Haj bilan umrani ketma-ket qiling. Albatta, ikkisi xuddi bosqon temir, tillo va kumushning kirini ketkazganidek, faqirlik va gunohlarni ketkazadi. Hajji mabrurning savobi faqat jannatdir”, – deganlar (Imom Termiziy rivoyati). Shuning uchun ham mo'min-musulmonlar qalbida Baytullohni tavof qilish muhabbati doimo jo'shib turadi.
Farg'ona xalqaro aeroportidan “Haj – 2024” dasturi doirasida “Farg'ona – Madina” yo'nalishida ilk 3 ta parvoz “Uzbekistan airways” aviakompaniyasining “Boeing-767” rusumli havo kemalari orqali amalga oshirilib, ularda Farg'ona viloyatidan 735 nafar ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.
Ziyoratchilarni kuzatish marosimida viloyat hokimi Hayrullo Bozorov ishtirok etdi. Ulug' safar sari yo'l olayotgan ziyoratchilar eson-omon ibodatlarni bajarib, yurtimizga sog'-salomat qaytib kelishlarini so'rab xayrli duolar qilindi.
Farg'ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbyekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti