Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Davriy nashrlarga obuna boshlandi

28.09.2023   2089   8 min.
Davriy nashrlarga obuna boshlandi

“Obuna– 2024

Hayrli, savob ishlarning turi ko'p. Har birining ixlos va samimiyatga qarab ajri bor, savobi bor. Illo, ma'rifat ulashishning, mo'min-musulmonlarning xonadonlariga ziyo olib kirishning savobi juda katta.

Tahlillarga ko'ra, bir dona bosma nashrni bir kishidan o'n kishigacha mutolaa qilar ekan. Misol uchun, birgina “Hidoyat” jurnali bugungi kunda 86 ming nusxada chop etilayotgan bo'lsa, demak, uni 860 ming kishi o'qiydi degani. Bu yaxshi, albatta. Biroq aholisining 95 foizdan ortig'ini musulmonlar tashkil qiladigan yurtimizda mazkur nashrning adadi yanada ko'paysa, maqsadga muvofiq bo'ladi, inshoalloh.

O'zbekiston musulmonlari idorasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlandi.

Kuni kecha O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi majlislar zalida “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko'rsatgan, mazkur nashrlarga eng ko'p obuna bo'lgan tumanlar bosh imom-xatiblari sovg'alar bilan taqdirlandi.

– Kamtarona xizmatimiz e'tirof etilib, mukofot bilan taqdirlanganimiz uchun Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo'lsin, – deydi Norin tumani bosh imom-xatibi Kamoliddin domla Hamroqulov. – Inshoalloh, kelgusi yil uchun ham obunani uyushqoqlik bilan tashkil etamiz. Bu jarayonda tumanimizdagi imomlarning xizmati katta.

Shu bilan birga, yig'ilishda mazkur nashrlarga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlangani, mo'min-musulmonlarning ma'rifatini yanada yuksaltirish, ularga muqaddas dinimizning sof ta'limotini etkazishda “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasining qimmatli nashrlar ekani aytib o'tildi.

Tadbir so'ngida xayrli duolar qilindi.

***

O'zbekiston musulmonlari idorasi Farg'ona viloyati vakilligi majlislar zalida ham xuddi shunday tadbir bo'lib o'tdi. Nashrlarimizga 2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko'rsatgan, eng ko'p obuna bo'lgan tumanlar bosh imom-xatiblariga sovg'alar topshirildi. Ushbu savobli yumushga hissa qo'shganlari uchun ularga minnatdorlik bildirilib, bundan buyon ham nashrlarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlashga da'vat etildi. Albatta, odamlarga ziyo ulashish, ilm-ma'rifatni targ'ib qilishning ajri nihoyatda ulug'. Bu xayrli ishga bel bog'lagan insonlarning xizmati bois xalqimiz o'rtasida ilm-ma'rifat keng yoyiladi.

Ta'kidlash joiz, bugungi kunda imom-xatiblar, ulamolarimiz masjidlarda ma'ruzalar qilish bilan birga, “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasi targ'ibotiga e'tibor qaratishayotgani tahsinga sazovor. Chunki ma'ruzani eshituvchilar masjidga yig'ilgan namozxonlar bilan chegaralansa, nashrlarimizning xonadonlarga kirib borishi natijasida diniy-ma'rifiy bilimlar odamlar orasida yanada keng tarqaladi. Bu gazeta-jurnallarimiz o'quvchilari sonini hozirgidan-da oshirishga ehtiyoj borligini ko'rsatadi.

  • Ushbu nashrlar xalqimiz tomonidan qancha ko'p o'qilsa, barcha uchun manfaati kattadir, – deydi Farg'ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev. – Viloyatimizda ularni targ'ibot-tashviqot qilishga alohida e'tibor qaratayapmiz. Imomlarimiz va boshqa mas'ul xodimlarimiz bu borada faollik ko'rsatishmoqda. Bugungi tadbir bu boradagi ishlarimizni yanada rag'batlantirdi.

Tadbirda barchaga Allohning roziligiga erishtiradigan amallarda bardavom bo'lish nasib etishini tilab duolar qilindi.

***

Halqqa ziyo tarqatish – g'oyat savobli ish. Bu borada diniy-ma'rifiy nashrlarning o'rni alohida hisoblanadi. Bugungi “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasi orqali omma o'rtasida islomiy ma'rifat keng yoyilishida tahririyat ijodkorlari bilan birga, obuna tashkilotchilarining ham xizmati katta bo'lmoqda.

Andijon viloyatidagi “Imom Zufar” jome masjidida nashrlarimizning bu yilgi obunasi uchun jonbozlik ko'rsatgan tumanlar bosh imom-xatiblari taqdirlandi.

  • Mazkur gazeta va jurnallar uzoq yillardan buyon xalqimizning qalbidan joy egallab kelmoqda, – deydi Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov. – Nashrlarda berib borilayotgan chuqur mazmunli maqolalar nafaqat oddiy odamlarga, balki diniy soha xodimlariga ham manfaatli bo'layotir. Shu bois ularning obunasini uyushtirishga har yili jiddiy harakat qilyapmiz. Lekin hozirgi natijalar qoniqarli emas deb o'ylaymiz. Bu gazeta va jurnallarimizning o'quvchilari soni oldingidan ko'payishi uchun barcha choralarni ko'ramiz.

Samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuv davomida nashrlar faoliyatiga oid qimmatli takliflar bildirildi.

***

Sirdaryo viloyatida “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasining obuna tashkilotchilari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbirda kelgusi yilda nashrlarimiz o'quvchilarga etib borishini ta'minlash xususida atroflicha so'z yuritildi. Shu bilan birga, gazeta va jurnallarimizning 2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko'rsatgan, mazkur nashrlarga eng ko'p obuna bo'lgan tumanlar bosh imom-xatiblari sovg'alar bilan taqdirlandi.

 Halqimizning diniy masalalarga qiziqishi kuchli. Odamlar ushbu ma'naviy ehtiyojini qondirish uchun internetdagi turli manbalarga murojaat qilishadi. Bu jarayonda shubhali manbalarning ta'sirida adashuvlar, aldanuvlar ham yuz berishi mumkin. Aslida “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasida muqaddas dinimizning asl mohiyati, shar'iy masalalar echimi batafsil yoritib borilmoqda. O'ylaymizki, agar ushbu nashrlar xalqimiz orasida ko'proq tarqalsa, jamiyatimizda ma'rifatli, diniy tushunchasi keng insonlar safi kengayadi.

Tadbirda viloyat bo'yicha gazeta va jurnallarimizga 2024 yil uchun obunani yuqori saviyada tashkil etish choralari belgilab olindi.

***

Bugungi kunda yurtimizda diniy ma'rifat targ'ibotiga keng e'tibor qaratilmoqda. Odamlarimiz ham Islom ta'limoti haqida chuqurroq bilishni istaydi. Shu ma'noda “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasida chop etilayotgan maqolalar xalqimizni ma'rifatli qilishga ma'lum darajada hissa qo'shib kelmoqda. Ayni kunlarda nashrlarimiz uchun boshlangan obuna mavsumida ushbu xayrli ishlarni yanada kengaytirish mo'ljallangan.

Shu maqsadda Jizzax viloyatida “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko'rsatgan, mazkur nashrlarga eng ko'p obuna bo'lgan tumanlar bosh imom-xatiblari sovg'alar bilan taqdirlandi.

  • Mazkur diniy-ma'rifiy nashrlar targ'iboti ortida juda katta xayr bor, – deydi O'zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi xodimi Hurshid Holiqulov. – Ayni shu narsa bu yumushga rag'bat uyg'otadi. Joriy obuna mavsumini uyushqoqlik bilan o'tkazish harakatidamiz. Nasib etsa, boshlagan ishlarimiz natijasi o'tgan yildagidan ham salmoqli bo'ladi.

Tadbirga xayrli duolar bilan yakun yasaldi.

***

“Tafsir” rukni ostida Kalomulloh oyatlari ma'nolarini o'qib-uqishni, “Hadis sharhi” orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak nasihatlaridan bahramand bo'lishni, “Sahobalar hayoti”ni mutolaa qilib saodat asriga sayohat qilishni, “Masala” ruknida dolzarb va muhim savol-javoblarni o'rganishni, “Aslida qanaqa?” ruknida har bir voqea-hodisaning asl mohiyatini bilishni, yana boshqa ko'plab mavzularda eng ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz, “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga obuna bo'lishga shoshiling!

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Quvaytlik ekspert: O‘zbekiston va Quvaytni boy tarixiy meros va umumiy manfaatlar birlashtiradi

18.09.2026   29692   2 min.
Quvaytlik ekspert: O‘zbekiston va Quvaytni boy tarixiy meros va umumiy manfaatlar birlashtiradi

Quvaytning nufuzli “Al-Seyassah”, “Alwakt News” va “The Times Kuwait” nashrlarida quvaytlik ekspert va jamoat arbobi, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Tijorat arbitraj markazining sobiq bosh kotibi Tariq Yusuf ash-Shumaymiriyning “Samarqanddan Faylakagacha: zamin sivilizatsiya tilida so‘zlaganda nomli maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallif joriy yilning avgust oyida yurtimizga amalga oshirgan tashrifi davomida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgani, boy tarixiy-madaniy meros, me’moriy obidalar, qadimiy bozorlar hamda xalqimizning mehmondo‘stlik an’analari unda katta taassurot qoldirgani haqida yozadi.

Maqolada ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning qadimiy shahri Samarqand hamda Fors ko‘rfazidagi tarixiy Faylaka oroli xalqlar va madaniyatlarni birlashtiruvchi o‘ziga xos sivilizatsion ko‘prik vazifasini bajargan. Samarqand Sharq va G‘arbni bog‘lagan quruqlikdagi karvon yo‘llari chorrahasi bo‘lgan bo‘lsa, Faylaka dengiz savdo yo‘llarida muhim strategik makon hisoblangan. Yurtimizdagi ilm-ma’rifatga bo‘lgan yuksak ehtirom va jamoatchilik an’analari Quvayt jamiyatidagi qadriyatlar bilan muayyan mushtaraklikka ega ekani alohida e’tirof etiladi.

Nashrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 17–18 fevral kunlari Quvayt Davlatiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘targani ta’kidlanadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha sanoat, aviatsiya, “aqlli shaharlar”, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat va san’at kabi sohalarda umumiy qiymati qariyb 4,9 milliard dollarlik kelishuvlar va investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi.

Shuningdek, Quvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining yurtimizdagi infratuzilma va sog‘liqni saqlash loyihalaridagi ishtiroki amaliy hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

Maqola yakunida ta’kidlanganidek, Samarqand va Faylaka o‘rtasidagi tarixiy mushtaraklik hamda bugungi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar, faol investitsiyalar va madaniy almashinuvlar ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari