Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Sentabr, 2026   |   8 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:07
Peshin
12:17
Asr
16:37
Shom
18:30
Xufton
19:45
Bismillah
19 Sentabr, 2026, 8 Rabi`us soni, 1448

«Yil imomi–2023» ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi

14.09.2023   1059   2 min.
«Yil imomi–2023» ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi

Bugun Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome' masjidining majlislar zalida «Yil imomi–2023» ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo'lib o'tdi.


Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, taniqli imomlar, ustozlar, hakamlar hay'ati a'zolari hamda tanlovning tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 12 nafar imom-domla ishtirok etdi.


Qur'oni Karim tilovati bilan boshlangan tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ochib berdilar.


Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan baholanib borildi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagilar «Yil imom–2023» tanlovining Toshkent shahar bosqichi g'olibi deb topildi:
I o'rin: Yashnobod tumani, «Holid ibn Valid» jome' masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonov;
II o'rin: Uchtepa tumani, «Abu Hurayra» jome' masjidi imom-xatibi Muhiddin domla No'monjonov;
III o'rin: Shayxontohur «Eshonguzar» jome' masjidi imom-xatibi Islomxon domla Ubaydullayev;
Tadbir so'ngida g'oliblar O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


«Yil imomi–2023» ko'rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida birinchi o'rinni egallagan Isroiljon domla Ismoiljonov tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.
Fursatdan foydalanib, birinchi o'rinni qo'lga kiritgan vakilimizni tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyat qozonishini Alloh taolodan so'rab qolamiz.

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   35560   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari