Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2026   |   10 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:50
Quyosh
06:09
Peshin
12:16
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:41
Bismillah
21 Sentabr, 2026, 10 Rabi`us soni, 1448

Yosh imom-xatiblar bilan uchrashuv o'tkazildi

12.09.2023   819   1 min.
Yosh imom-xatiblar bilan uchrashuv o'tkazildi

Samarqand viloyat vakilligi binosida Yoqubjon domla Mansurov diniy ta'lim muassasalarining samarqandlik bitiruvchi kurs talabalari bilan davra suhbati o'tkazdi.

Samimiy uchrashuvda xalqimizning diniy ehtiyojlarini qondirishda masjidlar va diniy soha xodimlarining xizmati katta o'rin tutishi, imom-xatib va noiblar jamoatga namozlarni ado qilib berish bilan birga kundalik masalalarda musulmonlarga yo'l-yo'riq ko'rsatish, ularning dardiga quloq solib, o'ylantirayotgan muammolariga echim topish orqali ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, shu bois bo'lajak imom-xatib, imom-noib vazifasida ishlovchi talabalarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi va shaxsiy sifatlari talab darajasida bo'lishi lozimligi ta'kidlandi.

Masjid mehrobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan meros ekani, U zotga munosib diniy soha xodimlarini tayyorlash asosiy vazifa hisoblanishi qayd etildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik va yangi nashr taqdimoti

21.09.2026   293   1 min.
Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik va yangi nashr taqdimoti

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyati vakilligi majlislar zalida hududdagi imom-xatiblar ishtirokida navbatdagi an’anaviy «Ma’naviyat soati» tashkil etildi.


Yig‘ilishda bugungi kunda yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur tadqiq etish hamda uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Tadbir doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi tomonidan nashr etilgan «Fatvolar to‘plami» kitobining 3-jildi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur nashr diniy-ma’rifiy soha xodimlari va mo‘min-musulmonlar uchun muhim dasturilamal ekani ta’kidlandi.


Shuningdek, yig‘ilishda buyuk muhaddis Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligini yuksak saviyada nishonlash, joylardagi masjidlarda ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlarini puxta tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik va yangi nashr taqdimoti Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik va yangi nashr taqdimoti
O'zbekiston yangiliklari