Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan: «Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) huzurlarida bir odam namoz o‘qir edi. U odam namozdan so‘ng duo qilib bunday dedi: «Allohumma inniy as’aluka bi anna lakal-hamdu la ilaha illa Antal Mannanu badi’us-samavati val-arzi, ya zal-jalali val-ikrom, ya Hayyu ya Qoyyo‘m».
«Yo Alloh, Sendan so‘rayman. Zero, hamd Sengadir. Sendan O‘zga hech bir iloh yo‘qdir. Sen Mannonsan: mo‘l-ko‘l beruvchisan, osmonlaru yerni bemisl yaratgan Sensan. Ey jalol va ikrom egasi! Ey mavjudotga hayot berguvchi, doimo tirik va maxluqotlarning ehtiyojini raso etuvchi Alloh! Duoimni qabul ayla!»
Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) uning duosini eshitib, bunday marhamat qildilar: «Alloh taologa ismi a’zami bilan duo qildi. Alloh u ismining haqqi-hurmati, istasa, duoni qabul qiladi».
* * *
Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)-dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: «Zunnun (Yunus) (alayhissalom) baliq qornida bunday duo qilgan: “Laa ilaha illa anta, subhanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn”.
Ma’nosi: «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo surasi, 87-oyat).
Hazrat Oysha (roziyallohu anho)dan: «Bir kuni Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam)ning bunday duo qilayotganlarini eshitdim:
«Allohumma inniy as’aluka bismikat-tohirit-toyyibil-mubarokil-ahabbi ilaykal-laziy iza du’iyta bihi ajabta va iza suilta bihi a’toyta va izas-turhimta bihi rohimta va izas-tufrijta bihi farrojta».
Ma’nosi: «Yo Alloh, senga suyukli, pok, go‘zal va muborak isming bilan Sendan so‘rayman. U isming-la duo qilinsa, qabul etasan. Uning hurmatidan Sendan bir narsa so‘ralsa, berasan. Uning hurmatidan marhamat istalsa, marhamat etasan. Uning hurmatidan Sendan qiyinchiliklardan xalos bo‘lish so‘ralsa, qutqarasan. G‘am-anduhlarni ketkazasan» (Ibn Moja. «Duo», 3859-hadis).
Asmo binti Yazid (roziyallohu anho)dan: «Janob Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: Ismi A’zam ushbu ikki oyatdadir: «Va ilahukum ilahun vahid, laa ilaha illa huvar-rohmanir-rohiym».
Ma’nosi: «Sizning ilohingiz yagona ilohdir. Undan boshqa iloh yo‘qdir. U mehribon va rahmlidir» (Baqara surasi, 163-oyat. Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).
Ikkinchisi, Oli Imron surasining ilk oyatlaridir: «Alif, Lam, Mim. Allohu la ilaha illa huval-hayyul-qoyyum».
Ma’nosi: « Alif, Lom, Mim. Alloh – Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha Barhayot va abadiy Turuvchidir» (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).
O‘MI matbuot xizmati
#xabar #seminar #imom #malaka
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan diniy soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va ish samaradorligini yuksaltirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda 8–9 sentyabr kunlari Diniy idoraning Masjidlar bilan ishlash hamda Kadrlar bo‘limlari hamkorligida respublikamiz bo‘yicha yangi lavozimga tayinlangan 55 nafar imom-xatib va imom noiblari uchun ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov, Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori, shuningdek, Fatvo markazi, Kadrlar bilan ishlash, Ichki nazorat bo‘limi mutasaddilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Xususan, soha mutasaddilari tomonidan muvaffaqiyatli imom bo‘lish omillari, go‘zal qiroat va tajvid qoidalari, shar’iy masalalarga to‘g‘ri yondashish, faoliyat samaradorligini baholash (KPI), qonun-qoidalarga qat’iy rioya etish, mehnat munosabatlari hamda jamoat bilan ishlash ko‘nikmalari yuzasidan zarur amaliy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati