Islom dinida beshta farz bor:
Imon
Namoz
Ro‘za
Zakot
Haj.
Imonda yettita farz bor:
Allohga;
Allohning farishtalariga;
Allohning kitoblariga;
Allohning payg‘ambarlariga;
Oxirat kuniga;
Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.
Tahoratda to‘rtta farz bor:
Yuzni peshonadan, sochlar chiqqan joydan, iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.
Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.
Boshning to‘rtdan biriga mas'h tortish.
Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvish.
G‘uslda uchta farz bor:
Og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish.
Burunni achishtirib chayish.
Badanning hamma joyini yuvish.
Tayammumda to‘rtta farz bor:
Niyat
Pok tuproqqa tayammum qilish
Ikki qo‘lni pok tuproqqa urib, yuzga surish
Qo‘llarni yana tuproqqa urib, qo‘llarga tirsak bilan qo‘shib surish.
Namozda o‘n ikkita farz bor:
Oltitasi namoz tashqarisida, oltitasi namoz ichida.
Namoz tashqarisidagilar «shart», ichidagilar «rukn» deyiladi.
Namozning olti sharti:
Tahorat buzilgan bo‘lsa, tahorat qilish, junub bo‘lgan bo‘lsa, g‘usl qilishi.
Badan, kiyim va namoz o‘qiladigan joy najosatdan toza bo‘lishi.
Avrat yopiq bo‘lishi.
Qiblaga qarab turish.
O‘z vaqtida o‘qish.
O‘qiydigan namoziga niyat qilish.
Namozning olti rukni:
Iftitoh takbiri
Qiyom
Qiroat
Ruku
Sajda
Qa’da (so‘nggi o‘tirish).
Qolgan farzlar
Ilm olish.
Amri ma’ruf va nahiy munkar.
Hayz va nifos ilmini bilish.
Rizqni halol yo‘l bilan topish.
Shariatda halol deyilgan narsalarni yeyish va harom deyilgan narsalardan o‘zini tiyish.
Muhim vazifalar
Alloh taoloni zikr etish
Haloldan yeb-ichish
Tahorat olish, g‘usl qilish
Besh vaqt namoz o‘qish
Rizqni Allohdan deb bilish
Toza kiyim kiyish
Allohga tavakkul qilish
Qanoatkor bo‘lish
Allohga shukr qilish
Allohning qazo va qadariga rozi bo‘lish
Balolarga, musibatlarga sabr etish
Gunohlarga tavba qilish
Ixlos bilan ibodat etish
Shaytonni dushman bilish
Har bir ishda Qur’oni karimni hujjat, dastur deb bilish
O‘lim muqarrarligiga ishonib, unga tayyor bo‘lish
Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish
Alloh sevganini sevish, sevmaganidan qochish. Har bir ishni Alloh uchun qilish
Ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va ularga itoat etish
Qarindoshlarni ziyorat qilish
Omonatga xiyonat etmaslik
Allohning azobidan qo‘rqish
Allohga, Payg‘ambarga itoat qilish
Gunohlardan qochish, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish
O‘ylab, tadbir bilan ish ko‘rish
Koinotga ibrat nazari bilan boqish
Tilni yomon so‘zlardan saqlash
Qalbni poklash, behuda so‘zlarni gapirmaslik, foydasiz ishlarni qilmaslik
Hech kimga yomonlik qilmaslik
Hech kimni masxara etmaslik, minnat qilmaslik
Haromga qaramaslik
So‘ziga sodiq bo‘lish, to‘g‘rilikdan ayrilmaslik
Sehr-jodu qilmaslik
Yomon so‘zlarni eshitmaslik
Ilm tahsil etish
To‘g‘ri o‘lchash va to‘g‘ri tortish
Faqirga sadaqa berish, muhtojga yordam berish
Allohning rahmatidan umid uzmaslik.
Nafsga (yomon orzularga) tobe bo‘lmaslik.
Alloh uchun yeyish, yedirish
Kifoya qiladigan darajada rizq talab etish
Molining zakotini berish
Hayz va nifos holatida xotiniga yaqinlashmaslik
Qalbini ma’siyat va yomonliklardan tozalash
Kibr qilmaslik
Yetimning molini saqlash
Besh vaqt namozni vaqtida o‘qish
Zulm va haqsizlik bilan xalqning molini yemaslik
Allohga shirk keltirmaslik
Aroq ichmaslik, qimor o‘ynamaslik, pora olmaslik, pora bermaslik
Zinodan qochish
Bekorchi ishlar uchun qasam ichmaslik.
O‘MI matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati