Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Oktabr, 2026   |   6 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:18
Quyosh
06:37
Peshin
12:08
Asr
15:56
Shom
17:44
Xufton
18:58
Bismillah
17 Oktabr, 2026, 6 Jumadul avval, 1448

Namoz saboqlari: Tayammum (Audio)

08.11.2019   5047   1 min.
Namoz saboqlari: Tayammum (Audio)

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Bordiyu, betob yo safarda bo‘lsangiz yoki sizlardan birortangiz hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoxud xotinlaringiz bilan yaqinlik qilgan bo‘lsangiz-u, (g‘usl qilishga) suv topa olmasangiz, pokiza yer (tuproq, tosh, qum, chang kabilar) bilan tayammum qilib, yuzlaringiz va qo‘llaringizga surting. Albatta, Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir» (Niso surasi, 43-oyat).

Tayammum qilishda tahoratga yoki g‘uslga niyat qilinadi. Har ikkisini qo‘shib niyat qilish ham mumkin.

Tayammum olish tartibi quyidagichadir:

  1. Yenglarni tirsaklarigacha shimarib, «Poklanib namoz o‘qish uchun tayammum qilishga niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi.
  2. «Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi va qo‘llar, barmoqlari orasi ochiq holda, tuproq yoki tuproq jinsidan bo‘lgan biror narsaga bir marta uriladi.
  3. Qo‘llarning ichi (kaft) bilan yuzning yuviladigan qismi mas'h qilinadi.
  4. Qo‘llarni ikkinchi bor tuproq yoki tuproq jinsidan bo‘lgan narsaga urib, chap qo‘lning kafti va barmoqlari bilan o‘ng qo‘l tirsagi bilan qo‘shib, o‘ng qo‘l kafti va barmoqlari bilan chap qo‘l tirsagi bilan qo‘shib mas'h qilinadi.

Tayammumda to‘rtta farz bor:

  1. Niyat;
  2. Pok tuproq yo uning jinsidan bo‘lgan narsaga tayammum qilish;
  3. Ikki qo‘lni pok tuproqqa yo boshqa narsaga urib yuzga surish;
  4. Qo‘llarni yana tuproqqa urib, tirsaklari bilan qo‘shib qo‘llarga surish.

Tayammumni buzadigan hollar:

  1. Tahoratga yetarli suv topilishi;
  2. Badandagi yara yoki (boshqa) uzr tufayli tayammum olgan kishidan uzrning ketishi;
  3. Tahoratni buzadigan barcha hollar tayammumni ham buzadi.

O‘MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi

16.10.2026   31105   1 min.
Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 12–15 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BAAning “HEDAYAH” xalqaro markazi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va X-Media jamoasi hamkorligida mamlakatimizning din va jamoat yetakchilari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

Boshqa jamoat tashkilotlari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidan 25 nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur trening zamonaviy media texnologiyalari, sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanishga bag‘ishlandi.

Seminar davomida nazariyadan amaliyotga o‘tgan ishtirokchilar video kontent yaratish, ssenariy yozish, faktlarni tekshirish, raqamli platformalarda auditoriyani jalb etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab olishdi.

Bu kabi seminar-treninglar zamonaviy media imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, jamiyat bilan muloqotni yanada samarali, mazmunli va ishonchli yo‘lga qo‘yishda juda foydali ekani bilan ahamiyatlidir.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar