Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Sentabr, 2026   |   11 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:10
Peshin
12:16
Asr
16:32
Shom
18:25
Xufton
19:40
Bismillah
22 Sentabr, 2026, 11 Rabi`us soni, 1448

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

23.08.2023   624   1 min.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

36 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor D.Maxsudov “Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati”, Qo‘mita mas’ul xodimi J.Aliyev “Diniy mazmundani materiallarni qonunga zid ravishda tarqatish, olib kirish va saqlash bilan bog‘liq javobgarlik masalalari”, Toshkent islom  instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor M.Muhammadsiddiqov “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta dotsenti, PhD O.Ernazarov “Radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash: genezis, zamonaviy holat va xalqaro tajriba”, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi H.Toshtemirov tomonidan “Dolzarb masalalarga raddiya berish metodologiyasi (mazhabsizlik, Qur’on oyatlari va hadislardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukm olish)” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“OTS”: O‘zbekiston madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishda xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

22.09.2026   12404   2 min.
“OTS”: O‘zbekiston madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishda xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Avstriyaning “OTS” axborot servisida O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini saqlash va ommalashtirish sohasidagi xalqaro hamkorligiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.

Maqolada “Universal Art Group” kompaniyasi vakillarining Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh va yangi kashfiyotlar” mavzusidagi Xalqaro mediaforumdagi ishtiroki haqida so‘z yuritilgan.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyo va islom dunyosining boy madaniy merosi bilan bog‘liq qo‘shma nashriyot tashabbuslariga qaratildi.

Yana bir muhim yo‘nalish Amir Temur davridagi Samarqandga oid tarixiy manbalarga murojaat qilish bo‘ldi. Xususan, Kastiliya qiroli tomonidan Temur saroyiga yuborilgan ispan diplomati Ruy Gonsales de Klavixoning esdaliklariga e’tibor qaratildi. Uning tavsiflari XV asr boshlaridagi Samarqand va Markaziy Osiyoni yevropalik sayohatchi nigohi bilan ko‘rish imkonini beruvchi qimmatli manba hisoblanadi.

“Universal Art Group” asoschisi va bosh direktori Sharlotta Kramerning ta’kidlashicha, tarixiy hujjatlar nafaqat o‘tmish, balki bugungi kunga ta’sir o‘tkazishda davom etayotgan insonlar, g‘oyalar va uchrashuvlar haqida hikoya qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim vazifa bunday manbalarni avaylab-asrash va keng xalqaro jamoatchilikni ular bilan tanishtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Tashrif doirasida “UAG” vakillari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim uchrashuvlari o‘tkazdi. Unda madaniy merosni saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilishda zamonaviy nashriyot sanoatining roli muhokama qilindi. “Universal Art Group” operatsion direktori Aleksandr Vilgelmning so‘zlariga ko‘ra, talabalar bilan o‘tkazilgan muloqotlar yosh avlodning tarixiy xotirani saqlash va madaniy qadriyatlarni kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga bo‘lgan yuqori qiziqishini ko‘rsatdi.

“Kompaniyaning Toshkent va Samarqanddagi tadbirlarda ishtirok etishi O‘zbekistonning madaniyat, ta’lim va kreativ industriya sohalarida xalqaro hamkorligi kengayayotganining yana bir isboti bo‘ldi. Zamonaviy nashriyot texnologiyalari, tarixiy manbalar bilan ilmiy ishlash va raqamli formatlar mamlakatning o‘ziga xos merosini xalqaro auditoriya uchun yanada ochiq qilishga xizmat qiladi va O‘zbekiston hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi”, — deyiladi xulosada.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari