O‘MI Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati
Bugun 31 – may muborak Ramazon oyining 26 – kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Dorulomon” jome masjidiga, Xorazm viloyati “Faxriddin ar-Roziy” islom bilim yurti mudarrisi Abdulhamid domla Jumanov imom-xatib vazifasiga tayinlandi.
Toshkent shahar bosh imom – xatibi Rahimberdi domla Rahmonov, Toshkent shahar vakili o‘rinbosari S. Satimov hamda Mirzo Ulug‘bek tuman bosh imom-xatibi A. Mamatov “Dorulomon” jome masjidiga tashrif buyurib, masjid qavmiga yangi tayinlangan imom-xatibni tanishtirdilar.
O‘MI Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati
Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;
Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;
Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.
Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.
Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati