Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Oktabr, 2026   |   30 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:12
Quyosh
06:30
Peshin
12:10
Asr
16:05
Shom
17:53
Xufton
19:07
Bismillah
11 Oktabr, 2026, 30 Rabi`us soni, 1448

Imom-xatiblar Iordaniyada malaka oshirmoqda

26.07.2023   3177   2 min.
Imom-xatiblar Iordaniyada malaka oshirmoqda

Shu yilning 20 iyul' kuni Toshkent shahridagi “Holid ibn Valid” masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonov va Andijon shahridagi “Imomi A'zam” masjidi imom-xatibi Isomiddin domla Shamsiddinov Iordaniya Vaqflar, islomiy ishlar va qadamjolar vazirligi taklifiga binoan mazkur mamlakatga malaka oshirish uchun jo'nab ketgan edi. Imom domlalar ayni paytda voiz va xatiblar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qaratilgan xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etmoqda.

Mazkur seminar joriy yilning 27 iyuliga qadar Podshoh Abdulloh II institutida bo'lib o'tadi. Unda butun musulmon yurtlaridan arab tilini biladigan imom-xatib va voizlar qatnashadi.

Ma'lumot uchun, mazkur seminar 2004 yildan buyon har uch oyda bir marotaba o'tkaziladi. Ilmiy o'quvlar davomida insonlar orasida ilmu ma'rifatni keng yoyish, yot g'oyalarga ma'rifat bilan kurashish va shu kabi dolzarb mavzularda ma'ruzalar o'qiladi. Shuningdek, dunyoda bo'layotgan yangilik va o'zgarishlar tanishtiriladi va ishtirokchilar o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadi.

Safar davomida Iordaniyaning qadimiy-tarixiy joylariga ziyoratlar uyushtirilib, bu o'lkaning madaniy va ma'naviy merosi bilan yaqindan tanishiladi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom Termiziy merosi xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda

09.10.2026   82767   1 min.
Imom Termiziy merosi xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda

Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Qohiradagi Al-Azhar universiteti, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi.

“Imom Termiziy merosi: merosni qabul qilish va o‘rganish an’analari hamda undan zamonaviy foydalanish istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Imom Termiziyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uning hadis ilmi rivojidagi o‘rni, alloma asarlarining keyingi avlodlar tomonidan qabul qilinishi va tadqiq etilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Seminarda Qohiradagi Al-Azhar universiteti Islomiy da’vat fakultetining islomiy da’vat va madaniyat yo‘nalishi dots.nti, professor doktor Odil Abdulloh Hindiy ma’ruza qildi. Unda Imom Termiziyning ilmiy merosi, xususan, allomaning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, asarlarining ilmiy ahamiyati va ularni zamonaviy tadqiqotlar asosida o‘rganishning dolzarb jihatlariga to‘xtaldi.

Shuningdek, buyuk muhaddis merosini xalqaro miqyosda tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, ilmiy manbalardan zamonaviy ta’lim va tadqiqot jarayonlarida samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Imom Termiziy merosini o‘rganishga qaratilgan bunday ilmiy muloqotlar alloma ilmiy merosining xalqaro miqyosda yanada keng tadqiq etilishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari