Tuyasini minib cho‘lda ketayotgan badaviy har safar dam olish uchun tuyasini cho‘kallatganda Alloh taologa o‘zi va o‘lkasi uchun hech bir narsaning teskari kelmasligini so‘rab duo qilar edi. Bir vaqt qarshisidan o‘ziga qarab to‘g‘ri kelayotgan bir kishini ko‘rib qoldi. Yaxshi niyatli inson bo‘lgani tufayli uchratgan odamidan biror yomonlikni gumon qilmadi.
Suvsizlikdan lablari qurigan odam badaviydan suv so‘radi. Badaviy tuyasining ustidagi ozgina suvi qolgan bidonni olib unga uzatdi. Suvni so‘nggi tomchisi qolgunicha simirib ichgan odam badaviyni itarib tashlab tuyani yetaklab qochishga tushdi.
Badaviy uning orqasidan xotirjam ovozda:
– Mayli, tuya seniki bo‘la qolsin, faqat sendan iltimos, bu tuyani mendan olib qochganingni aslo birovga ayta ko‘rma, ¬– dedi.
Bu gapni eshitgan odam hayron bo‘lib to‘xtadi va undan buning sababini so‘radi. Nihoyatda yaxshi tilakli bo‘lgan badaviy uning savoliga:
– Agar bu voqeani biror kishiga gapirib bersang, u xabar tezda atrof-olamga yoyilib ketadi. Natijada insonlar cho‘lda qolgan muhtojlarga aslo yordam bermay qo‘yadilar... – deya javob berdi.
Ijtimoiy tarmoqdan olindi
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati