Misrning “Al-Vatan al-Misriy” axborot agentligida “Misr va O'zbekiston o'rtasida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Nashrning qayd etishicha, O'zbekiston o'zining qadimiy tarixi, boy merosi, obidalari, noyob madaniy-tsivilizatsiyasi va diqqatga sazovor joylari bilan butun dunyo sayyohlari uchun jozibali va qiziqish manbai hisoblanadi.
Portal yozganidek, mamlakatning qadimiy tarixi uning me'morchiligi, san'ati va xalq amaliy san'atining rang-barangligi, shuningdek, urf-odatlari, an'ana va qadriyatlari, o'zbek oshxonasining betakrorligida namoyon bo'ladi. O'zbekiston zamini ziyoratgohlardan tashqari islom va jahon tsivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan ko'plab alloma va mutafakkirlar vatanidir.
Masjidlar, firuza gullar bilan bezatilgan binolar, karvonsaroylar O'zbekistonni qadimiy Ipak yo'lidagi eng muhim savdo va madaniyat markaziga aylantirdi, deyiladi nashr. Bu diqqatga sazovor joylarning barchasi hali ham qalblarni zabt etuvchi va zavqlantiradigan sehrga ega.
“Ikkala davlatda turli oylar sayyohlik oylari hisoblanadi va bu hamkorlik uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi”, – deyiladi maqolada.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati