Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448

Saudiya ulamolari hay’atining “takfir” tushunchasi haqidagi xulosalari (2-juz’)

07.03.2017   9116   2 min.
Saudiya ulamolari hay’atining “takfir” tushunchasi haqidagi xulosalari (2-juz’)

 Saudiya  Arabiston Podshohligidagi “Mo‘tabar ulamolar kengashi”ning takfir  (birovni kufrda ayblash) haqidagi bayonnomalari va qarorlarining xulosasi:

2-juz’

 

Ar-Riyoz shahri                                                                    26.09.2016 

 

  1. Takfirga shoshilishning ortidan birovning qonini va molini halol hisoblash , o‘zaro meros olishni man qilish, nikohning bekor bo‘lishi va boshqa – murtadlik sababidan kelib chiqadigan – xatarli ishlar kelib chiqadi. Axir qanday qilib mo‘min kishiga arzimas shubhani deb kofirlikda ayblash mumkin?
  2. Hokimlar va hukumatlarni kofirga chiqarish boshqalardan xatarliroqdir. Chunki uning ortidan ularga qarshi ommani qo‘zg‘atish, ularga qarshi qurol ko‘tarish, beqarorlikni keltirib chiqarish, nohaq qon to‘kish, odamlar va shaharlarni harob qilishdek ishlar kelib chiqadi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz Muhammad (sollalllohu alayhi vasallam) bundan qattiq qaytarib: “... Faqat ochiq-oydin kufrni ko‘rsangiz va unga sizlarda Alloh taolo tomonidan hujjat-dalil bo‘lsagina (kufrga nisbat berishingiz durust)” deganlar.
  3. Bu buzuq e’tiqod – Takfirdan quyidagi ishlar urchimoqda:
  • Musulmonning qonini to‘kishni muboh sanash;
  • Obro‘ni to‘kish;
  • Xususiy va umumiy mol-mulklarni tortib olish;
  • Turar joylar va tashkilotlarni portlatish;
  • Inshootlarni harobaga aylantirish.
  1. Takfirga shoshilishning katta xatari bor. Bu borada Alloh taolo: “Ayting: “Rabbim, albatta, fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha’niga o‘zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi”,  degan (A’rof surasi, 33-oyat).
  2. Nabiy (sollalllohu alayhi vasallam) kofir bo‘lmagan shaxsni kufrga nisbat berishdan ogohlantirib bunday deganlar: “Qaysi bir kishi o‘z birodariga “Ey kofir!” desa, bu gap ikkisidan biriga tegur. Agar (birodari haqiqatda) u aytgandek bo‘lsa (o‘shanga), unday bo‘lmasa, o‘ziga qaytib, o‘zi kofir bo‘lur”

Sayyid Muhyiddin mahdum o‘rta maxsus islom

bilim yurti mudarrisi A’zamov Baxodirjon tarjimasi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda

26.08.2026   332   1 min.
Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Islom ishlari va vaqflar bosh boshqarmasi hamkorligida o‘zbekistonlik imom-xatiblar uchun BAAda malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Bu haqda mazkur jarayonda ishtirok etayotgan Masjidlar bilan ishlash bo‘limi xabar berdi.   

Mazkur o‘quv kurslarining asosiy maqsadi ikki qardosh mamlakat diniy soha vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or ma’rifiy yondashuvlar, zamonaviy ish usullari hamda dolzarb diniy-ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashishdan iboratdir.

Safar doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot davlatchilik asoslari, bag‘rikenglik madaniyati va zamonaviy diniy-ijtimoiy yondashuvlar mavzusiga bag‘ishlandi. Unda BAAning taraqqiyot yo‘li, qonun ustuvorligi va jamiyat barqarorligida «vasatiyya» (mo‘tadillik) tamoyilining o‘rni muhimligi ta’kidlandi. 200 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv istiqomat qilayotgan ushbu mamlakatda inson qadri va o‘zaro hurmat asosiy mezon ekaniga urg‘u berildi.

O‘z navbatida, BAA tomoni O‘zbekistonning boy sivilizatsiyasi va dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini yuksak ehtirom bilan tilga oldi.

Malaka oshirish jarayonida ishtirokchilar masjidlar faoliyatini tashkil etish, jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlash, xususan, ma’ruza va suhbatlarni zamonaviy axborot texnologiyalari — interaktiv taqdimotlar va proyektorlar orqali ko‘rgazmali yetkazish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Tadbir davomida BAA rahbariyatining global miqyosdagi insonparvarlik va xayriya tashabbuslari ham alohida e’tirof etilib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va diniy soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur manfaatli safarni tashkil etgan mutasaddilarga samimiy minnatdorlik bildirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Imomlar BAAda zamonaviy uslub va ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda
O'zbekiston yangiliklari