Shu yil 30 iyul kuni Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshed Xatamov va Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov boshchiliklarida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblar hamda bosh otinoyilar, vakillik xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Xodiyaxon Rahmonova o‘z arizasiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi (viloyat bosh otinoyisi) vazifasidan ozod etildi.
Namangan viloyat bosh otinoyisi vazifasiga bugungi kunga qadar Chortoq tumani bosh otinoyisi vazifasida xizmat qilib kelayotgan Ashuraxon Xo‘jayeva tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati